Yangiliklar

17 fevral 2021, 17:16

Oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, harbiy xizmat bo‘yicha nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi va oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.

17 fevral 2021, 17:00

Qanot Sharq kompaniyasi ikkita Airbus A320−200 samoletini ijaraga oldi

O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Aviakompaniya hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.

17 fevral 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 5 so‘mga arzonladi va jami 10 521 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.

17 fevral 2021, 16:15

Koronavirusga qarshi emlash punktlarida kuniga 70 kishi emlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkazilidigan punktlarda bir kunning o‘zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Vaksina olgandan so‘ng fuqarolar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan 30 daqiqa, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam surishtirib boriladi.

17 fevral 2021, 14:38

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.

17 fevral 2021, 13:41

Xitoy vaksinasini O‘zbekistonda Jurabek Laboratories korxonasi ishlab chiqaradi

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonni ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. O‘zbekiston aholisini ushbu vaksina bilan ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash rejalashtirilmoqda.

17 fevral 2021, 13:35

Sputnik V vaksinasini O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat etildi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda.

17 fevral 2021, 12:34

DSQ «naqdlashtiruvchi korxonalar» faoliyatiga qarshi kurashadi

«Bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, 2960 tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 1 martgacha vaqtinchalik bekor qilindi.

17 fevral 2021, 12:13

Qashqadaryoda 6 yoshli piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekani aytilmoqda

Chiroqchida piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan 6 yoshli o‘quvchini katta tezlikda kelib urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekanligi aytilmoqda. U bolani zudlik bilan shifoxonaga olib borish o‘rniga o‘qituvchini haqoratlagan. Bola tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli og‘ir.

17 fevral 2021, 11:50

Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent davlat agrar universiteti professori Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

17 fevral 2021, 11:32

Do‘stlikda pomidor konservadan uch kishi zaharlandi, 26 yoshli kelin olamdan o‘tdi

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida pomidordan tayyorlangan qo‘lbola konversava iste’mol qilgan oilaning uch a’zosi zaharlandi, 26 yoshli kelin hayotdan ko‘z yumdi.

17 fevral 2021, 11:04

Dam olish kunlari havo sovib, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 8−13 daraja iliqqacha, kechalari 2−7 daraja iliqqacha pasayadi.

17 fevral 2021, 10:48

Ilxom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ilxom Muxtorov qo‘mita raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

17 fevral 2021, 10:17

Toshkentda BMW yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasi ostiga kirib ketdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa tumanida BMW avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga borib urilishi natijasida 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi, mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.

17 fevral 2021, 10:13

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda birinchi navbatda emlanadigan aholi soni ma’lum qilindi. Fuqarolar o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.

16 fevral 2021, 22:43

Foto, video: 1999 yil 16 fevralda Toshkentdagi portlashlar

1999 yil 16 fevralda Toshkentda, shu jumladan Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov teraktning diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgani, ularning maqsadlaridan biri uning hayotiga suiqasd uyushtirishdan iborat bo‘lganini ta’kidlagan edi. «Gazeta.uz» o‘sha kuni muhrlangan tasvirlarni e’lon qilmoqda.

16 fevral 2021, 20:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Kanada hukumatining aholidan qurol sotib olish dasturi, JSSTning SARS-CoV-2 kelib chiqishi bo‘yicha to‘rt versiyasi, Isroilning vaksinalarni Falastinga kiritmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

16 fevral 2021, 19:01

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch keladi» — adliya vaziri

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning oldini olish uchun «hukumat o‘z amaldorlarini to‘g‘ri tarbiyalay olishi kerak».

16 fevral 2021, 18:33

O‘zbekistonda 12 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar mavjud

2021 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5724 ta qo‘shma korxona va 6195 ta xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning eng ko‘pi sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi.

16 fevral 2021, 17:59

Bitkoin kursi 50 ming dollarga yetdi

Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi va 50 ming dollarga yetdi. Ushbu kriptovalyutaning kursi so‘nggi bir yil ichida 400% foizga oshdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting