29 mart, yakshanba

Yangiliklar

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi 

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.

Manba: Gaz narxi yana oshirilishi mumkin 

Norvegiyalik mutaxassis Arild Dirsert O‘zbekistondagi tabiiy gaz uchun ichki narxning pastligi muammolarga sabab ekanini aytdi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi gaz narxi tez orada oshirilishiga ishora bo‘layotganini bildirdi.

Adib Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi 

«Boqiy darbadar» romani muallifi Isajon Sulton Innovatsion rivojlanish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi.

Amaldorlar davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitiladi 

Vazirlik, idora, hokimiyat va xo‘jalik birlashmalari xodimlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi maxsus markazda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitiladi.

Keksa ayolni urib o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi 

Mast holatda 73 yoshli ayolni o‘lgunicha kaltaklagan namanganlik erkak 20 yilga qamaldi.

Milliy gvardiya va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi «Forish» poligonida qo‘shma mashqlar o‘tkazdi 

Milliy gvardiya va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ poligonida «Yengilmas soqchi» qo‘shma o‘quv mashqlarini o‘tkazdi.

Yanvar oyida neft bazalarida 24 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi 

Uchta hududiy neft bazasida bir oyda 24 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetishmovchiligi, sifati buzilgani va talon-taroj qilingani aniqlandi.

Koronavirus tufayli karantinga olish tartiblari e’lon qilindi 

Koronavirus tarqalgan davlatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotganlarning barchasi, fuqaroligidan qat’i nazar, majburiy karantinga olinadi. Ammo ushbu tartibda ayrim istisnolar mavjud.

Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi 

Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.

Volkswagen O‘zbekistonda yengil tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarishi mumkin 

Volkswagen «Jizzax» EIZda yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bo‘lib Volkswagen Caddy modeli savdosi shu yildan boshlanishi kerak.

Andijonda ikkita tuman hokimi o‘zgardi. Ulardan biri ayol kishi 

Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.

Sirg‘ali tumanida yangi maktablar ochildi. Ular nimasi bilan boshqalardan farq qiladi? (+foto) 

Xalq ta’limi vaziri va Toshkent hokimi Sirg‘ali tumanida yangi 329 va 330-maktablarni ochib berdi. Ular shu vaqtgacha uzoq maktablarda o‘qishga qatnashga majbur bo‘lgan 3360 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Maktablar mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan bo‘lib, laboratoriyalar, elektron kutubxonalar, sport zallari va maydonchalar bilan ta’minlangan.