Yangiliklar

23 sentabr 2021, 15:42

Akademik litseylar uchun mandat e’lon qilindi

Oliy ta’lim vazirligi respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi.

23 sentabr 2021, 14:16

“Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

“Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yiladigan avtobuslardan yo‘l kira xaqqisiz foydalanishi mumkin.

23 sentabr 2021, 13:58

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga noqonuniy ulanishlar davlat budjetiga 8,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan

Yanvar-avgust oylarida ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Mazkur qonunbuzarliklar oqibatida davlat budjetiga jami 8,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Toshkent shahrida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlarining 90 foizi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

23 sentabr 2021, 13:48

«Qing‘irlikning hidi kelyapti» — Ekopartiya rahbari daraxtlarning yashirincha kesilishi haqida

Ekopartiya rahbari va prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov turli xil bahonalar bilan va aholini ogohlantirmasdan daraxtlarning kesilayotganligini tanqid qildi. U daraxtlar kesilishi yo boshqa joyga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatlarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. 17 sentabr kuni Sirdaryoda «salomatlik yo‘lakchalari»ni qurish uchun 13 ta daraxt qo‘porilgan edi.

23 sentabr 2021, 12:45

5 oktabrdan Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshiriladi

5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

23 sentabr 2021, 11:30

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi

Xalq demokratik partiyasi deputati Ra’no Turdiboyeva O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi. XDP axborot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, Ra’no Turdiboyeva 3 oy avval partiya a’zoligidan chiqqan.

23 sentabr 2021, 10:51

So‘rov ishtirokchilarining deyarli yarmi prezidentlikka nomzodlar teledebat qilishlarini yoqlamoqda — «Ijtimoiy fikr»

«Ijtimoiy fikr» markazining prezidentlik saylovi bo‘yicha so‘rovi fuqarolar saylovoldi dasturlari bilan to‘liq tanishishga hali ulgurmaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning deyarli yarmi nomzodlar orasidagi ochiq teledebatlarni dasturlar haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli deb atashdi.

23 sentabr 2021, 10:36

«Davlat qarzini YAIMga nisbatan 45−50% chegarasida ushlab turishni rejalashtiryapmiz» — Ahadbek Haydarov

Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ma’lum qilishicha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababli davlat xarajatlari keskin o‘sgan. Endilikda uni pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi darajaga — YAIMga nisbatan 27% ga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat kelgusi yillarda davlat qarzi darajasini 50%, budjet taqchilligini 2% chegarada ushlab turishni rejalashtirmoqda.

23 sentabr 2021, 10:29

Tesla`dan Alibaba`gacha: 2026 yilgacha qiymati 1 trln dollarga yetishi kutilayotgan kompaniyalar

Approve.com tadqiqotiga ko‘ra, dunyoning eng yirik 16 ta kompaniyalarining bozor qiymati keyingi besh yillikda 1 trln dollarga yetishi kutilmoqda. Ular orasida Tesla, Netflix, Berkshire Hathaway, Visa, Alibaba Group kabi kompaniyalar o‘rin olgan.

23 sentabr 2021, 10:18

22 sentabr kuni O‘zbekistonda 531 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 531 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, chorshanba kuni 118 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

22 sentabr 2021, 22:22

22 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentlikka nomzodlar maktablarda bepul ovqatlanishni taklif qilishi, Toshkentda “Tungi velosayr” festivali o‘tkazilishi, Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilishi — “Gazeta.uz"ning 22 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

22 sentabr 2021, 22:16

British Airways reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroportida ushlanib qoldi

Islomoboddan Londonga uchgan British Airways samolyoti 83 yoshli yo‘lovchining aholi yomonlashib qolgani sababli erta tongda Toshkentga qo‘ndi. Ayol samolyot qo‘nganidan ko‘p o‘tmay olamdan o‘tdi. Yo‘lovchilar hali ham aeroportda qolishmoqda.

22 sentabr 2021, 21:54

Shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish qoidalari yangilandi

1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

22 sentabr 2021, 21:29

Toshkentdagi Romanovlar saroyi binosi rekonstruksiya qilinadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar caroyi binosini rekonstruksiya qiladi. Unda, avval xabar qilinganidek, muzey joylashtiriladi, G‘arbiy Yevropaning rassomchilik kolleksiyasi, chinni buyumlar, interer buyumlari va boshqa qimmatli san’at asarlarini muzeyga qaytarish rejalashtirilgan. Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi.

22 sentabr 2021, 20:26

Jahon yangiliklari dayjesti

BMT bosh kotibining dunyo rivojlanishga xalaqit berayotgan muammolarni sanagani, Ukrainada prezident yordamchisining mashinasi o‘qqa tutilgani, Namibiyada namoyishchilarning Germaniyadan genotsid uchun 9 mlrd dollar to‘lashni talab qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 sentabr 2021, 20:17

“Bitta aybim Toshkentda tug‘ilmaganim edi” — prezident “propiska” haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.

22 sentabr 2021, 19:56

Andrey Kubatinning oilasi 150 mln so‘m miqdorida tovon puli oladi

Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.

22 sentabr 2021, 19:46

Navoiyda er-xotin farzandini 85 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ikki yoshli farzandini sotishga uringan samarqandlik er-xotin qo‘lga olindi.

22 sentabr 2021, 18:34

Ketma-ket qiz tuqqani uchun tazyiqqa uchragan kattaqo‘rg‘onlik ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida «ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani» uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.

22 sentabr 2021, 17:35

Koronavirusga qarshi emlanganlar 14 kundan keyin grippga qarshi vaksina olishi mumkin — SEO

Milliy emlash kalendariga asosan, grippga qarshi emlanish jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘lib boshlig‘i Rustam Ikromov grippga qarshi emlanish jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting