Yangiliklar

6 oktabr 2021, 15:10

Qiziqchi Valijon Shamshiyev bolalar maktabi direktori etib tayinlandi

Qiziqchi Valijon Shamshiyev Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

6 oktabr 2021, 14:59

Toshkentda Lada urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi

Yashnobod tumanida “Lada 11184” avtomashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib vafot etdi.

6 oktabr 2021, 14:45

Toshkent viloyatida soxta 100 ming so‘mlik kupyuralarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 mln so‘mni 5 mln so‘mga sotayotganlar qo‘lga olindi. Ular bu qadar jami 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.

6 oktabr 2021, 13:35

2022 yildan barcha viloyatlarda buyrak transplantatsiyasi amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan 2022 yildan yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida esa yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.

6 oktabr 2021, 13:09

“Biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”. Pavel Durov Telegram foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘paygani haqida

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bir kunning o‘zida messenjerning foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘payganini ma’lum qildi. U Shimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram`ga o‘ta boshlashganini ta’kidladi. “Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”, — deydi Durov.

6 oktabr 2021, 13:07

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi

Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish haqidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi. Umumiy hajmlar va narxlar oshkor qilinmadi, ammo ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, tariflar avvalgi darajada saqlanib qolgan.

6 oktabr 2021, 12:22

“Narxoz"ning sobiq prorektori 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

6 oktabr 2021, 11:46

«Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.

6 oktabr 2021, 11:41

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov nimalar haqida kelishishdi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.

6 oktabr 2021, 10:51

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

6 oktabr 2021, 10:33

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning haydovchilikka tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.

6 oktabr 2021, 10:03

O‘zbekiston «quruqlik portlari» to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.

5 oktabr 2021, 22:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Dollarning jahon valyutasi maqomi tahdid ostida bo‘lishi mumkinligi, Facebook’dagi uzilishlar sababi, dunyo aviakompaniyalarining 2050 yilga kelib CO2 chiqindilarini nolga yetkazish majburiyatini olishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

5 oktabr 2021, 21:14

5 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, TDIU sobiq prorektorining qidiruvga berilishi — “Gazeta.uz"ning 5 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 oktabr 2021, 19:50

Gurbanguli Berdimuhamedov — Shavkat Mirziyoyevning xususiyatlari to‘g‘risida

Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va tavsiyalari mamlakatda paxta yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga yordam berganligini ta’kidladi. U hamkasbining boshqa xususiyatlarini ham e’tirof etdi.

5 oktabr 2021, 19:40

Profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirildi

Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

5 oktabr 2021, 19:01

UzAuto Motors Turkmanistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

«O‘zavtosanoat» va «Turkmenistan-Motors» o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Turkmaniston hududida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Turkmaniston tomoni o‘zbek tovarlarini 300 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda.

5 oktabr 2021, 18:34

Farg‘onada homilador ayol pichoqlab o‘ldirildi

Farg‘onada xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan shaxs o‘zini ko‘rib qolgan ayolni pichoqladi. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etdi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.

5 oktabr 2021, 17:05

Turkmaniston prezidentining tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi davomida 23 ta hujjat imzolandi. Ular orasida Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir hujjatlar imzolangan.

5 oktabr 2021, 17:03

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti iqlimni modellashtirish va fizik tizimlarni o‘rgangan olimlarga berildi

2021 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Syukuro Manabe, Klaus Hasselman va Jorjio Pariziga «murakkab fizik tizimlar haqidagi tushunchamizga qo‘shgan hissasi» uchun berildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting