Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirilishi, Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatilishi, Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 30 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Moliya vaziri Timur Ishmetov taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida davlat banklarining bo‘lishi mantiqliroq ekani, biroq u har doim xususiy bank sektori tarafdoriligini ma’lum qildi. Hukumat davlat banklari yordamida tayanch bank xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bu fiskal xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin va davlatga qimmatga tushadi.
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingani, Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 100 dan ortiq kishining halok bo‘lgani, YouTube’ning COVID-19 vaksinalari haqida noto‘g‘ri ma’lumotga ega kontentni taqiqlayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining har biri TBC Bank Uzbekistan’ning 20% gacha bo‘lgan aksiyalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu 2017 yildan beri YeTTBning o‘zbek bank sektoriga kiritgan birinchi sarmoyasi hisoblanadi.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularga ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish huquqni berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Murosaga erishilgan holatlarda javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutgan ma’muriy ishlar bo‘yicha yarashuv instituti ham joriy etilmoqda.
Ushbu forum doirasida «Agrobank» ATB tomonidan Germaniyaning Landesbank Hessen-Thüringen, Rossiyaning «Sovkombank» hamda «MKB» banklari bilan o‘zaro manfaatli moliyaviy kelishuvlar imzolandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 692,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Antimonopoliya qo‘mita rahbari Shaxrux Sharaxmetovning aytishicha, qo‘mita UzAuto Motors shartnomalaridagi avtomobil variantlarining nomuvofiqligi bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi.
Rossiyaning VTB banki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit liniyasini taqdim etdi.
1−2 oktabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.
Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi «ulkan modernizatsiya dasturi»ni ishga tushirish kutilmoqda.
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.
O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.
UzCard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.
USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.
30 sentabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln 458 ming 820 dozasi SES xizmati vakillariga topshirildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan jami 7 mln doza vaksina ishlab chiqarilgan.
«Turkiston islom harakati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgani gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur shaxs 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Rossiya O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etganlikda ayblangan to‘rt kishini O‘zbekistonga topshirdi. Ular turli vaqtlarda hibsga olingan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting