Yangiliklar

1 mart 2021, 12:49

Surxondaryolik fuqaro sobiq xotini va uning onasini o‘ldirishga qotil yolladi

Surxondaryolik fuqaro opasi bilan kelishgan holda sobiq xotini va uning onasini o‘ldirish maqsadida qotil yolladi. Ular buning evaziga yaqinda qamoqdan chiqqan fuqaro D.ga 3 mln so‘m taklif qilgan. Natijada, ular viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

1 mart 2021, 12:39

OKMK futzalchisi Timur Berdiyev YTHda vafot etdi

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda futzal bo‘yicha OKMK jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev vafot etdi.

1 mart 2021, 12:33

Eng yaxshi film uchun «Oltin globus» mukofotini «Nomadland» filmi qo‘lga kiritdi

AQSHda bo‘lib o‘tgan «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimida drama janridagi eng yaxshi film sovrinini «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi»), drama janridagi eng yaxshi serial mukofotini esa «The Crown» («Toj») qo‘lga kiritdi.

1 mart 2021, 12:06

Kumushni zargarlarga birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi

1-martdan boshlab “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.

1 mart 2021, 11:56

Sardoba suv ombori Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

Sardoba suv ombori xavfsiz eksplutatsiya qilinishi maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Xarajatlar to‘liq respublika byudjetidan qoplanishi ma’lum qilindi. Rekonstruksiya ishlariga tajribaga ega xorijiy va mahalliy ekspertlar, loyihachilar jalb qilinmoqda.

1 mart 2021, 11:01

Mamlakat bo‘ylab sayohat uchun turistik yig‘im va chegirmalar miqdori tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolaridan undiriladigan turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi. U BHMning 0,4 foizi yoki kuniga 980 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mahalliy sayyohlar uchun yangi joriy qilingan aviaqatnovlar hamda temiryo‘l chiptalariga chegirmalar qo‘llaniladi.

1 mart 2021, 10:37

«Populizm muhimroqmi yoki farzandlarimizning muvaffaqiyatimi?» — xalq ta’limi vaziri deputat fikrlariga javob berdi

Deputat Rasul Kusherbayev bitiruvchilari OTMga kira olmagan maktab direktorlarining ishdan olinishini «demagogiya va boshqaruvga noqobil odamlarni qo‘yadigan talabi» deya tariflagan edi. Xalq ta’limi vaziri «oxirgi 2 yilda faqat OTMga kirganlar bo‘yicha ob’ektiv ma’lumot bo‘lgani» sababli bunday yo‘l tutilganini ta’kidladi. Sherzod Shermatov masalani tushuntirish uchun deputat bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi. «Qadriyatlarimiz va tanlovimiz ikki xil ekan», — dedi u.

28 fevral 2021, 14:44

Toshkentda 5 nafar talaba noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etdi

Noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida Toshkent shahrida TATUning 3 nafar talabasi hamda 2 nafar Singapur instituti va Inxa universiteti talabalari vafot etdi.

27 fevral 2021, 22:29

Toshkentdagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi (to‘ldirildi)

Toshkentda joylashgan «Shovotlandiya» kafesida chiqqan yong‘in «mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan». IIV yong‘inni samarqandlik shaxs qasddan uyushtirgani va qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

27 fevral 2021, 22:02

Kelgusi 5 yilda 31 ta yangi sud binolari quriladi va mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi

Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.

27 fevral 2021, 17:34

Germaniya Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi

Germaniya Orolbo‘yi hududini ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi. Buni o‘zida aks ettirgan bitim O‘zbekiston va Germaniya tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, 4 yilga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.

27 fevral 2021, 16:42

O‘zbekiston olma importini 8,5 baravarga oshirdi, eksport esa 61 foizga tushdi

O‘zbekiston 2020-yilda olma importini 8,5 baravar — 8876 tonnagacha oshirdi. Eng ko‘p yetkazib berish Qirg‘iziston, Xitoy va Eron davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport esa 61,8 foiz — 49,9 mingdan 19 minggacha kamaydi. Ekcportning pasayishi, asosan, Qozog‘istonga bog‘liq.

27 fevral 2021, 16:05

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

27 fevral 2021, 12:11

Chilonzordagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi — jabrlanganlar bor

27-fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi. Uning oqibatida jabrlanganlar bor. Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura mas’ullari yetib borgan. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.

27 fevral 2021, 11:49

Qrim — bu Ukraina — AQSh prezidenti

AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinganini hech qachon tan olmaydi, deya ta’kidladi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden.

27 fevral 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: qiymadan tayyorlangan noodatiy taomlar

Taomnomangizni Zira.uz taqdim etgan qiymadan tayyorlanadigan noodatiy taomlar ro‘yxati bilan boyiting.

27 fevral 2021, 09:49

Chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagani uchun Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

Poytaxtdagi tug‘ruqxonalarda 703 nafar chaqaloqning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomalarini FHDYOga yubormaslik holatlari aniqlandi. Qolaversa, 888 nafar bola muddatidan kechikib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deyiladi DXA xabarida. Natijada o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan 14 nafar mansabdor jarimaga tortildi.

26 fevral 2021, 22:10

«Biz oxirgi 10−15 yil ichida onkologiya sohasi jilovini qo‘yib yubordik» — prezident

«Meni onkologiya sohasidagi muammolar xavotirga solayapti. Biz oxirgi 10−15 yil ichida ushbu soha jilovini qo‘yib yubordik», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, yaqin kunlarda onkologiya sohasidagi muammolar yechimiga qaratilgan muhim qaror qabul qilinadi. Qolaversa, joriy yilda qariyb 9 mln ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

26 fevral 2021, 21:53

Viloyat hokimlari 100 nafardan muhtoj xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi — prezident

O‘zbekistonda barcha viloyat hokimlari mahalliy byudjet hisobidan 100 nafardan muhtoj qizlar va ayollarning OTM kontrakt pullarini to‘lab beradi, deya tak’idladi prezident. Unig so‘zlariga ko‘ra, «qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan» xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim joriy qilinadi.

26 fevral 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshlagani, Ispaniya sobiq qirolining soliq qarzi sifatida 4 mln yevro to‘lagani, Turkmanistonda «turkman alabayi» bayrami ta’sis etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting