Yangiliklar

27 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

27 aprel 2021, 15:21

Chiroqchida 7 yoshli bolaning o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

27 aprel 2021, 14:56

Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi

Davlat soliq qo‘mitasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga «Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi „So‘z blogerlarga“ ko‘rsatuvida aytgan haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan. Qo‘mita deputat o‘zining so‘zlariga raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligini aytgan. Deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganligi da’vo qilinmoqda.

27 aprel 2021, 14:35

Yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Hozirgi kungacha emlanganlarning 46 foizi aynan ushbu vaksina bilan emgangan. O‘zbek-xitoy vaksinasining 1 million dozalik avvalgi partiyasi 27 mart kuni keltirilgan edi.

27 aprel 2021, 14:11

Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili etib tayinlandi

O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.

27 aprel 2021, 14:04 1

Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi

Daryo nashri muxbirining telefonini tortib olib, uni militsiya bo‘limiga olib borishni buyurgan Qarshi shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «qattiq hayfsan» oldi. Boshqa xodimlarining harakatlarida hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagani ma’lum qilindi.

27 aprel 2021, 13:35

Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.

27 aprel 2021, 13:32

Samarqandda spirtli ichimlik ichib mashina haydagan fuqaro YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi

Paxtachi tumanida Damas rusumli avtomobil haydovchisi spirtli ichimlik ichib, mashina haydagan. YPX xodimlari bilan muloqotda haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelgani sabab, tibbiy ko‘rikka taklif etilgach haydovchi qarshilik ko‘rsatgan. Haydovchining mastlik holati tasdiqlangach, unga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

27 aprel 2021, 12:57

3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Farg‘ona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

27 aprel 2021, 12:55

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

Yoshlarga oid bir qator yangiliklar, o‘simlik yog‘iga nisbatan eksport bojining joriy etilishi, davlat organlari xodimlari sonining 15 foizga qisqartirilishi, ba’zi shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi, ekologik xavfli mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirilishi — 1 maydan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

27 aprel 2021, 12:42

Hududiy boshqarmalarda uy-joylarni ta’mirlash jamg‘armalari tashkil etiladi

Prezident ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, loyihalar xorijlik mutaxassislar ishtirokida tayyorlangan.

27 aprel 2021, 12:03

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi partiyasi olib kelindi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining yana bir partiyasi yetib keldi. Ma’lum qilinishicha, yetkazib berilgan navbatdagi vaksinalar partiyasi 50 ming dozadan iborat bo‘lib, 23 aprel kuni yetkazib berilgan vaksinalarning ikkinchi komponenti hisoblanadi.

27 aprel 2021, 11:22

Rustam Rajabov UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

UzAuto Motors bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Rajabov rasman kompaniya bosh direktori etib tayinlandi.

27 aprel 2021, 10:41

Toshkentdagi kafelardan birida ikki erkak hisobni to‘lamasdan, kafe ishchisini do‘pposladi

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birida mast holatdati ikki kishi hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchisini do‘pposlagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

27 aprel 2021, 10:33

Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

27 aprel 2021, 10:16

«Paxtakor» OCHLning 5-turida «Traktor» bilan durang o‘ynab, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

27 aprel 2021, 10:12

Turkiyada 17 maygacha to‘liq karantin e’lon qilinmoqda

Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq karantin cheklovlari amal qiladi. Bunda barcha maktablarda darslar to‘xtatilishi va imtihonlar qoldirilishi e’lon qilindi. Shuningdek, barcha savdo markazlari faoliyati vaqtinchalik cheklab qo‘yiladi.

27 aprel 2021, 00:00

Telegram O‘zbekistonda guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi

Telegram’dagi guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Ilovada sakkizta o‘rnatilgan to‘lov tizimlaridan ikkitasi — O‘zbekistondagi PayMye va CLICK.

26 aprel 2021, 23:28

«Istiqlol» konsepsiyasi loyihasi yaqin kunlarda tasdiqlanadi — qurilish vaziri

Qurilish vaziri Botir Zokirov Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida barpo etiladigan «Istiqlol» konsepsiyasi loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib, tanlov muddatini yana 10 kunga cho‘zish topshirig‘ini bergan.

26 aprel 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting