Yangiliklar

28 aprel 2021, 13:06

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilashga 1,6 trln so‘m ajratiladi

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida asosiy e’tiborni importni qisqartirib, raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratish lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan mauammo — infratuzilma masalalarini hal etish kerakligi aytildi. Buning uchun esa 1,6 trln so‘m mablag‘ ajratilayotgani ma’lum qilindi.

28 aprel 2021, 12:50

Davlat idoralariga murojaat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasida ma’qullanmadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston davlat idoralariga murojaat davlat tili — o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif maqullanmadi. Deputat Doniyor G‘aniyev davlat tili o‘z nomi bilan davlatning fuqarolar bilan rasmiy muloqot tili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini ishlab chiqish kerakligini aytdi.

28 aprel 2021, 12:37

AQSHda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

To‘liq emlangan AQSH fuqarolariga ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berildi. Odam gavjum joylar bundan mustasno. AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat aholisini emlashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

28 aprel 2021, 12:02

Abituriyentlar uchun namunaviy test savollari e’lon qilindi

Davlat test markazi 2021 yil kirish imtihonlari uchun tarix, matematika, kimyo, fizik, biologiya, ona tili, ingliz tili va boshqa fanlardan namunaviy test savollarini e’lon qildi. Barcha testlar.

28 aprel 2021, 11:33

Bog‘cha xodimlari, o‘qituvchilar va surunkali kasalligi bor fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

O‘zbekistonda 27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni vaksinatsiya qilish jarayonlari boshlandi.

28 aprel 2021, 11:31

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 mingdan oshdi

27 aprel kuni O‘zbekistonda 34 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Jami mamlakat bo‘yicha emlanganlar soni 600 ming nafardan oshdi.

28 aprel 2021, 11:08

Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli ekanligini belgilovchi qonunni imzoladi. Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat qilib qo‘yildi.

28 aprel 2021, 10:58

Namanganda velosipedchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi topildi

Namanganda «KIA» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda ketayotgan velosipedchini urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

28 aprel 2021, 10:46

Namanganda 6 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatida VAZ-2106 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 6 yoshli piyodani urib yuborgan. Bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

28 aprel 2021, 10:30

4 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Samarqanda bitta va Toshkentda uchta oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

28 aprel 2021, 10:27

Turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Turizm va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

28 aprel 2021, 10:25

Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyatida shar’iy turmushdagi xotinini muntazam qiynab, do‘pposlab kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tibbiy ekspertizada jabrlanuvchining tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda er xotinini arqon bilan bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklaganligi aytilmoqda.

28 aprel 2021, 09:45

AGMK OCHLning 5-turida mag‘lub bo‘lib, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi

AGMK futbolk jamoasi OCHL guruh bosqichida 5-tur uchrashuvni «Al Hilol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:3 hisobi qayd etildi va unda «Al Hilol» g‘alabaga erishdi.

28 aprel 2021, 07:58

Toshkentda uch yigit jarima sababli radarni «jazolashdi»

Toshkentlik yigit tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilganidan so‘ng ikki do‘sti bilan uning qoidabuzarligini qayd etgan radarni tosh otdi.

27 aprel 2021, 23:03

Nurafshondagi portlashga gaz o‘g‘riligi sabab bo‘lgan — «Hududgazta’minot»

Nurafshonda sodir bo‘lgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni o‘g‘rilash natijasida sodir bo‘lgan. «Hududgazta’minot» kvartira egasi gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni bilan ulaganini ma’lum qildi.

27 aprel 2021, 22:53

Hozirda koronavirusga qarshi vaksinatsiya faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotgani, vaksinatsiya faqatgina davlat tibbiyot muassasalarida olib borilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotganda xususiy sektor ehtiyojini ham e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.

27 aprel 2021, 21:50

Sadir Japarov — Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi mitinglar to‘g‘risida

«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.

27 aprel 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” tovarlarini sotadiganlarga ma’muriy javobgarlikning e’lon qilingani, JSSTning Hindistonga 2,6 ming xodimini yuborgani, Rossiya va Tojikistonning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 aprel 2021, 17:08

2021 yil boshidan beri O‘zbekistondan 4 ming kishi ko‘chib ketdi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan va 578 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ko‘chib ketganlarning eng katta qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.

27 aprel 2021, 16:24

Sputnik V vaksinasi bilan emlanish bepul — SES

Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting