15 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

20 avgust 2019, 10:06

Mo‘ynoqda 5,7 milliard so‘mlik yopiq suzish havzasi va sport zali qurildi

Mo‘ynoq tumani markazida 18×36 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25×11 o‘lchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi.

20 avgust 2019, 09:57

Farmatsevtika faoliyati maxsus agentlik tomonidan litsenziyalanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ bo‘lishi belgilandi.

19 avgust 2019, 22:54 7

Qo‘qonda nodavlat universitet tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi OTM — Qo‘qon universiteti tashkil etildi.

19 avgust 2019, 22:37

Harbiy tavsiyanomaga abituriyentlar uchun qo‘shimcha alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilandi

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.

19 avgust 2019, 22:29

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi 2019−2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

19 avgust 2019, 21:37

AQSH O‘zbekistonni shaffoflik yetarlicha ta’minlanmayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni shaffoflik uchun minimal talablarni bajarmayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritib, vazirlik va davlat kompaniyalari xarajatlari hamda qarzlarini shaffoflashtirishni tavsiya qildi.

19 avgust 2019, 20:53

O‘g‘irlik jinoyatda gumon qilinayotgan fuqaroning kaltaklangani haqidagi xabar o‘rganilmoqda

Yangibozor tumanida IIB xodimlari tomonidan jinoyatda gumonlanayotgan fuqaroning kaltaklanishi va zo‘rlash bilan qo‘rqitilgani haqidagi xabar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

19 avgust 2019, 19:51

Gulnora Karimovaga qarshi yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilindi

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga qarshi yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. U fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, ularning mulkini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

19 avgust 2019, 19:21

Yangi Bojxona kodeksi loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjatda «bojxona boji», «bojxona deklaratsiyasi» va «tarif bilan tartibga solish choralari» kabi tushunchalarni qo‘llash taklif qilinmoqda.

19 avgust 2019, 18:38

Salqinlik chekinib, havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Volgabo‘yidan kirib kelgan salqin havo oqimlari mamlakat hududini tark etib, havo haroratining bir oz ko‘tarilishi kutilmoqda.

19 avgust 2019, 17:45

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Toshxo‘jayev tashkilotga yangi rahbar etib saylandi.

19 avgust 2019, 17:35

«G‘ijduvon» EIZ kengaytiriladi

Hukumat qarori bilan «G‘ijduvon» EIZ Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer uchastkalari hisobiga kengaytiriladi.

19 avgust 2019, 16:47

Mahmud Murodov AQSHda UFC prezidenti Dana Uayt uchrashdi

O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Anahaymdagi UFC 241 turnirida promoushen prezidenti Dana Uayt bilan ko‘rishdi.

19 avgust 2019, 16:36

Propiskaga oid qaror loyihasi: soddalashyaptimi, qiyinlashyaptimi?

Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi bo‘yicha huquqshunos tahlili.

19 avgust 2019, 15:56

Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi Senatning yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

19 avgust 2019, 15:44

Adliya vazirligi: Foto va video tasvirga olish faqat taqiqlangan belgi mavjud bo‘lgan hududda mumkin emas

Vazirlar Mahkamasining nizomiga ko‘ra haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.

19 avgust 2019, 15:22

Namanganda «MAN» haydovchisi o‘zi zarar yetkazgan xonadonni ta’mirlab berdi

To‘raqo‘rg‘onda «MAN» avtomashinasida borayotib boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi bir fuqaroning uyiga zarar yetkazdi va yetkazgan zararini qoplab berdi.

19 avgust 2019, 12:04

Mustaqillik bayramida necha kun dam olinishi ma’lum qilindi

Prezident farmoni bilan Mustaqillik bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 4 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 2 kun dam oladi.

19 avgust 2019, 11:52

Mast holdagi navoiylik fuqaro YPX xodimiga jiddiy tan jarohati yetkazdi

Navoiyda o‘g‘lining mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgani sabab mast holdagi ota YPX inspektoriga qo‘l ko‘tarib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

19 avgust 2019, 11:32

OTB O‘zbekistonda fotoelektr stansiyasi qurilishi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi

Osiyo taraqqiyot banki va Energetika vazirligi o‘rtasida loyiha qiymati 800 mln. dollarga teng fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga doir bitim imzolandi.