Yangiliklar

12 noyabr 2019, 17:36

Buxoroda YPX inspektorini namoyishkorona tahqirlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Buxoro shahrida YPX inspektorining ko‘krak nishoni, radioaloqa vositasi hamda jezel tayog‘ini tortib olgan fuqaroga 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

12 noyabr 2019, 15:23

Abdug‘affor Qirg‘izboyev Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

12 noyabr 2019, 15:03

Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar joriy etilishi haqida ma’lumot berdi

Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar tizimini joriy etish ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi. Mazkur kartalar bank va boshqa tizimlar bilan bog‘langan bo‘ladi.

12 noyabr 2019, 14:39

Rishtonda voyaga yetmagan opa-singil gazdan zaharlanib vafot etdi

Rishtonda hammomdagi qo‘lbola pechga ulangan gaz o‘chib-yonishi oqibatida voyaga yetmagan opa-singil tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi.

12 noyabr 2019, 14:30

Jizzaxda lo‘li millatiga mansub aholi uchun qariyb 800 ta uy qurildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida lo‘li millatiga mansub 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta uy qurildi. Davlat buning uchun 150 mlrd so‘m ajratdi.

12 noyabr 2019, 11:05

BMT ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishda qatnashadi

Hukumat va BMT ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun integratsiyalashgan yondashuvni joriy qilishga qaratilgan qo‘shma dasturni amalga oshiradi.

12 noyabr 2019, 09:34

Qarshida bir ayol besh erkak tomonidan zo‘rlandi

Qarshida bir ayol besh erkak tomonidan zo‘rlandi. Barcha gumondorlar qo‘lga olindi.

12 noyabr 2019, 09:14

Brakoner saksovul kesgani uchun 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Zarafshonlik fuqaro saksovul kesgani uchun ushlandi va 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,7 mln so‘mni tashkil etdi.

11 noyabr 2019, 22:53

Tashkent City hududiga pista po‘choqlari tashlagan fuqaro jarimaga tortildi

Tashkent City bog‘ida ekoinspektorlar pista po‘choqlarini yerga tashlagan yigitga 111,5 ming so‘m miqdorida jarima soldi. Andijonda bir martalik qog‘oz stakanni yerga tashlagan erkak kishi ham shuncha miqdorda jarima to‘ladi.

11 noyabr 2019, 18:04

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor — prezident

Shavkat Mirziyoyev «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilariga qutlovida O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya, innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi, yirik transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

11 noyabr 2019, 17:08

Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi bo‘ldi

Aktyor Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi sayyohlik brendining elchisi etib tayinlandi.

11 noyabr 2019, 15:15

Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi tashkil etildi

Prezidentning tibbiyotga oid qarori bilan uchta markaz va bo‘limlar tashkil etildi.

11 noyabr 2019, 14:44

Qashqadaryoda G‘uzor tumani hokimi hayfsan oldi. Viloyat moliya boshlig‘i o‘zgardi

Faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga xayfsan berildi. Fayzulla Yusupov Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

11 noyabr 2019, 12:59

Otabek Umarov O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga ham prezidentlik qiladigan bo‘ldi.

11 noyabr 2019, 12:43

Qarshida fuqaroga «soqoltoy» deb murojaat qilgan IIB xodimi lavozimidan chetlatildi

«IIB xodimi soqol qo‘ygan yigitni zo‘rlik bilan bo‘limga olib ketmoqda» nomli video yuzasidan IIV rasmiy bayonot berdi: ushbu xodim lavozimidan chetlatilib, quyi tizimga tushirildi.

11 noyabr 2019, 12:32

Xo‘jaylida o‘zini hokimning opasi deb tanishtirgan ayol tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi

Xo‘jayli tumanida firibgarligi uchun 5 marta sudlangan ayol hokimning opasiman deb bir tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi.

11 noyabr 2019, 12:17

Gaz sizib chiqishi natijasida yuzaga kelgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi xususiy uyda gaz sizib chiqishi portlashga sabab bo‘ldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.

11 noyabr 2019, 12:08

Salqin ob-havo hafta oxirigacha saqlanib qoladi

Hafta oxiriga qadar O‘zbekiston hududi salqin havo oqimi ta’siri ostida qoladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

11 noyabr 2019, 11:31

Boliviya prezidenti iste’foga chiqdi

Mamlakatni qariyb 14 yil boshqargan Boliviya prezidenti Evo Morales iste’foga chiqishini e’lon qildi. Namoyishchilarning bu boradagi talabi armiya va politsiya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

11 noyabr 2019, 11:22

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi yana ish boshladi

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini qayta tikladi. Unga Diyor Mirzaahmedov rahbar bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting