29 yanvar, chorshanba

Yangiliklar

5 kishilik oilani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi 

Samarqand viloyatida besh kishilik oilani o‘ldirganlikda gumon qilinib qurbonlar yashagan mahallada istiqomat qiluvchi to‘rt nafar ishsiz erkak qo‘lga olindi.

«Hukumat eshitishni o‘rgandi, ammo „ha“ deyishni — hozircha yo‘q» — Adham Ikromov 

«Ijro hokimiyati eshitishni o‘rgandi, ammo „ha“ deyishni — hozircha yo‘q». Bosh vazir qabulxonasi tadbirkorlarning muammolarini amalda hal qiluvchi «forpost"ga aylanadi, deb hisoblaydi SSP rahbari Adham Ikromov.

Yer ajratishda hokimiyatlar rolini kamaytirish rejalashtirilmoqda 

Yer ajratish jarayonida hokimiyatlarning roli kamaytirilishi mumkin. Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatlar uchastkalarni auksionga chiqarmayapti yoki qaror chiqarishni besh-olti oylab kechiktirmoqda.

Toshkent IIBB mashinalarning yonishiga chiroqlarni yoqib yurish sababchi bo‘layotganini inkor etdi  +1

Toshkent IIBB avtomobillarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi va kunduzgi chiroqlarni yoqib yurish o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda sanoat gazlari ishlab chiqariladi 

«O‘zbekneftgaz» va Air Products and Chemicals (AQSH) ksenon, kripton, geliy, argon va boshqa sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi.

Foto: Andijan City majmuasi loyihasi 

Andijan City ishbilarmonlik markazi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Mehmonxona, kongress-xoll, 30 qavatli biznes markazi, qo‘g‘irchoq teatri, bank va boshqa obyektlar.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 mln dollarlik sement zavodi quriladi 

Hukumat qarori bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2019−2021-yillarda yiliga 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Hengyuan cement” sement zavodi tashkil etiladi.

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi 

Hukumat qarori bilan import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi belgilandi.

GM Uzbekistan uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi 

GM Uzbekistan zavodida Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

Yangiyo‘lda yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi 

Yangiyo‘l tumanida «Kobalt"ning «MAZ-509A» yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.

Bugun Yekaterinburgda to‘rt nafar o‘zbekistonlik professional bokschi jang qiladi 

Elnur Abduraimov, Ravshan Umurzoqov va yana ikki o‘zbekistonlik professional bokschi Yekaterinburgda ringga ko‘tariladi.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.