8 dekabr, yakshanba

Yangiliklar

Aprel oxiriga borib havo harorati ko‘tariladi 

Yaqin kunlarda yana yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa kuchayishi kutilmoqda. 25 apreldan yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmron bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti Xitoyga tashrif buyuradi 

Shavkat Mirziyoyev 24−27-aprel kunlari “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.

Qarshi instituti dekani poraxo‘rlikda ayblanmoqda 

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani ikki talabadan 400 dollar pora olayotganda ushlandi.

AQSH kompaniyasi 300 million dollar investitsiya kiritgan holda Jizzaxda soya loviyasi yetishtiradi 

«American soybean corporation» kompaniyasi Jizzaxda hozirda yaroqsiz va foydalanilmayotgan yerlarda soya ekishni rejalashtirmoqda.

Farg‘onada aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 14 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 

Farg‘ona viloyat prokuraturasi o‘tkazgan sayyor qabulda 186 nafar voyaga yetmaganning huquqi himoya qilinishiga erishildi va 23 nafar yosh oila yarashtirildi.

Navoiyda gaz qo‘yish shaxobchasida bosim natijasida chaqnash yuz berdi 

Qiziltepada metan gaz qo‘yish shaxobchasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz baloni bosim natijasida to‘satdan chaqnashi natijasida 2 qismga bo‘linib ketdi.

Toshkentda xalqaro yuridik forum o‘tkaziladi 

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 25−27 aprel kunlari xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi.

Fransiyada «O‘zbek bog‘i» va Ibn Sino haykali ochildi 

Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahrida «O‘zbek bog‘i» ochildi. Unga Buxorodan keltirilgan daraxtlar o‘tqazilib, Ibn Sino haykali o‘rnatildi.

Aholining umumiy daromadi 8,6 foizga o‘sdi — Statistika qo‘mitasi 

Birinchi chorakda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadi 8,6 foizga o‘sib, 64,9 trln so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga real daromadlar 1,7 mln so‘mga yetdi.

O‘zbekiston aholisi 33,37 mln kishidan oshdi 

Yil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi 120 mingdan ziyodroqqa ko‘payib, 33 million 375 ming 800 kishini tashkil etdi.

Prokuratura organlari tomonidan 303,9 mlrd so‘m yetkazilgan moddiy zarar undirildi 

Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha 330,8 mlrd so‘m zarar aniqlandi.

Shri-Lankadagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 290 kishiga yetdi 

Shri-Lankadagi sakkizta portlash natijasida vafot etganlar soni 290 kishiga yetdi, 500 kishi jarohatlandi. Hodisalarda aloqadorlikda gumonlanib 24 kishi qo‘lga olindi.