18 yanvar, shanba

Yangiliklar

Samarqandda tez yordam mashinasi YTHga uchradi 

Samarqandda homilador ayolni tug‘uruqxonaga olib borish uchun yo‘lga chiqqan tez yordam mashinasining YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi reanimatsiyaga yotqizildi.

Buxorodagi yurish marafonida viloyat hokimi va Shahram G‘iyosov qatnashdi 

Buxoro shahrida o‘tkazilgan «Men sog‘lom turmush tarafdoriman» shiori ostida yurish bo‘yicha marafonda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev va bokschi Shahram G‘iyosov ishtirok etdi.

Toshkentda yer ijarasi uchun 100 000 AQSH dollari so‘ragan shaxs qo‘lga olindi 

Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijaraga olib berish uchun 100 000 dollar olayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Prezident Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarini chop etish bo‘yicha tavsiya berdi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosini o‘rganish, kitoblarni chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Fazliddin G‘oibnazarov professional faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi 

O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik Maykl Foksga ochkolar hisobi bo‘yicha yutqazib qo‘ydi.

“TAPOiCh” chorrahasidagi 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda 

Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ignatiy Nesterov doping sababli 8 oyga diskvalifitsiya qilindi 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov doping sababli sakkiz oyga diskvalifitsiya qilindi. Futbolchi ozish uchun dori qabul qilganini aytdi.

OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori qo‘lga olindi 

OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. O‘zini DXX xodimi deb bildirib, odamlardan yolg‘on yo‘li bilan pul olgani xabar qilindi.

Uchtepa tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi 

Uchtepa tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Avvalroq prezident tumanda rivojlanish sur’atlari eng past darajada ekanini qayd etgan edi.

Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklari va ko‘mir to‘g‘risidagi maqolaga javob berdi 

Energetika vazirligi «Gazeta.uz» issiqxona xo‘jaliklarining ko‘mirga o‘tkazilishiga qarshi yozgan maqolaga javob qaytardi. Vazirlik O‘zbekiston uchun gazdan yoqilg‘i emas, balki xom ashyo sifatida foydalanish foydaliroq ekanini qayd etdi.

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi 

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.