6 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

8 iyul 2019, 11:20

O‘zMUning Jizzax filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tashkil etildi.

6 iyul 2019, 18:03

Yunusobodda chinorlar kesildi, zarar 163,6 mln so‘mga baholanmoqda

Toshkentning Yunusobod tumanida noqonuniy ravishda 5 tup chinor kesildi, yana 11 tup chinor qisman shikastlandi. Umumiy zarar 163,6 mln so‘mga baholanmoqda.

6 iyul 2019, 16:51

«O‘zeltexsanoat» rahbariyati o‘zgardi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasiga avval Artel Engineering and Management kompaniyasida faoliyat ko‘rsatgan Mirziyod Yunusov rahbar bo‘ldi.

6 iyul 2019, 15:20

To‘rt bola — O‘zbekiston fuqarolari farzandlari Afg‘onistondan qaytarildi

DXX to‘rt bola — O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini Afg‘onistondan qaytardi. Ularning ota-onalari terroristik tashkilot safida bo‘lgan va vafot etgan: otasi — janglarda, onasi — kasallikdan.

5 iyul 2019, 23:05

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda soliq islohotlari muammolari muhokama qilindi

Prezident yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish, bo‘sh turgan obyektlarda yangi korxonalar tashkil etish kabi choralar orqali byudjetga qo‘shimcha milliardlab mablag‘lar tushirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

5 iyul 2019, 22:12

Energoresurslar tariflari optimallashtiriladi, EKIH — oshiriladi

Energoresurslar tariflari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda optimallashtiriladi. Tarif islohotlari og‘riqsiz kechishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda.

5 iyul 2019, 21:56

MIB inspektorini kaltaklaganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryoning Sherobod tumanida qarzdorlik sababli elektr energiyasini uzishga harakat qilgan MIB inspektorini kaltaklagan fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

5 iyul 2019, 20:58

WebMoney O‘zbekiston bozorida ish boshladi

WebMoney Transfer tizimi O‘zbekiston bozorida ish boshladi. So‘mdagi WMY-karmonchalarini UzCard, Paynet va Oson orqali to‘ldirish mumkin.

5 iyul 2019, 20:05

Iqtisodiy sudlarga taqdim etilayotgan da’volar orasida asossizlari ham bor

Qashqadaryo iqtisodiy sudlari tomonidan Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab kiritgan arizalarining 170 tasi rad etilgan.

5 iyul 2019, 20:03

Ichki ishlar xodimlarini xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron deb topish maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarini halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan deb topish maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

5 iyul 2019, 19:48

O‘zbekistonda ilk bor «innovatsion virtual tergov poligoni» tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasida O‘zbekistonda dastlabki innovatsion virtual tergov poligoni Rossiya texnologiyalari asosida bunyod etildi.

5 iyul 2019, 19:35

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Dildora Rustamova ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan Ko‘p tarmoqli klinika direktori etib tayinlandi.

5 iyul 2019, 19:22

Harbiy xizmatni o‘taganlarga o‘qishga kirishda beriladigan 50 foizlik imtiyoz faqat harbiy OTMlarga amal qiladi

2019/2020 o‘quv yilidan harbiy tavsiyanomalarga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladilar.

5 iyul 2019, 17:40

Savitskiy muzeyiga Tigran Mkrtichev rahbar bo‘ldi

Savitskiy muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlovda Moskvaning Rerixov muzeyi direktori Tigran Mkrtichev g‘olib bo‘ldi.

5 iyul 2019, 17:10

Yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqidagi videolarni jo‘natish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

IIV Yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqidagi videoyozuvlarni jo‘natish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Qoidabuzardan jarima undirilganda, videoni jo‘natganga eng kam ish haqining 5 foizi beriladi.

5 iyul 2019, 16:41

Adliya vazirligi Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan koloniyadagi sharoitlarni batafsil o‘rgandi

Adliya vazirligi Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan ayollar koloniyasidagi sharoitlarni batafsil o‘rgandi. Vazirlik noqonuniy sotib olingan boyliklarni qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom etayotganini qayd etdi.

5 iyul 2019, 16:40

Naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

5 iyul 2019, 16:36

Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi.

5 iyul 2019, 13:55

Zarafshon daryosidagi orolchada qolib ketgan 24 dehqon qutqarildi

Qutqaruvchilar Samarqand viloyatida Zarafshon daryosining suv bosgan orolchasida qolib ketgan 24 dehqonni evakuatsiya qildi.

5 iyul 2019, 12:33

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida «Jangovor mashinalar biatloni — 2019» musobaqasining final bosqichiga start berildi

Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog‘ poligonida zamonaviy uslubda barpo etilgan «Xalqaro armiya o‘yinlari maydoni"da musobaqa boshlandi.