Yangiliklar

15 noyabr 2021, 10:54

O‘zbekistonda umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi

Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud umummilliy imtihonni o‘tkazadi. Imtihon ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1 dekabr kuni boshlanadi. Unda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchiga 15 mln so‘m beriladi.

15 noyabr 2021, 10:02

O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilishni boshladi

O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharifidagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya qilish, texnik nosozliklar va jihozlarni ta’mirlashda yordam berish uchun 30 kishidan iborat texnik guruh yubordi. Shuningdek, aeroportning 83 nafarga yaqin afg‘on texnik xodimlari O‘zbekistonda o‘qitiladi.

15 noyabr 2021, 09:49

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi tadbirkorning mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazish evaziga pora olgan vaqtda ushlangani aytilmoqda. U sheriklari bilan har bir yuk ortilgan transport vositasiga 3,5 mln so‘mdan so‘ragan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va pora berish moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

14 noyabr 2021, 15:04

Hafta boshida harorat keskin pasayishi kutilmoqda

16 — 17 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shu kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati harorat kechalari 5−8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0−3° iliqgacha bo‘ladi.

14 noyabr 2021, 14:38

Moskvada yuz bergan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi

Moskva viloyatining Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yuz bergan yong‘inda 2 kishi jarohatlangan va 4 kishi vafot etgan. Tashqi mehnat migratsiyasining Moskvadagi vakolatxonasi vafot etganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqladi.

13 noyabr 2021, 21:30

«Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi». OTM vaziri raqamlashtirish haqida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hozirga qadar tizim to‘liq raqamlashtirilmagani uchun xorijlik hamkasblari oldida uyalib qolayotganini ta’kidladi. «O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi», — dedi Abduqodir Toshqulov. U shuningdek, endi talabalar guvohnomasi ham ID karta shaklida bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

13 noyabr 2021, 19:36

Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari rahbariga o‘rinbosar etib saylandi.

13 noyabr 2021, 19:15

Behzod Musayev avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri qo‘llagan barcha jazolarni bekor qildi

O‘zining birinchi buyrug‘i bilan yangi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev avvalgi vazir Abduxakim Xadjibayevning buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralarini bekor qildi.

13 noyabr 2021, 18:49

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida

Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.

13 noyabr 2021, 18:00

Andijon viloyati prokuraturasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Juma kuni kechki payt huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar miqdoridagi porani olayotganida ushlandi.

13 noyabr 2021, 14:57

10 oyda 1964 kishi avtohalokatlar oqibatida halok bo‘lgan

Yanvar-oktabr oylari davomida sodir bo‘lgan 7684 ta yo‘l-transport hodisasida 1964 kishi halok bo‘lgan, 6886 kishi esa jarohatlangan. Bu raqamlar uzoq karantin cheklovlari amal qilgan 2020 yildagi jami ko‘rsatkichlardan ham oshishga ulgurgan.

13 noyabr 2021, 14:48

«Asosiy vazifamiz — tibbiyot sohasini xalqchil tizimga aylantirish». Prezident soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik maktubini yo‘lladi. Davlat rahbari besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini 1000 dollarga yetkazish, sohaga ikki baravar ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganini qayd etdi. U shuningdek, sana munosabati bilan 82 nafar tibbiyot xodimini davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

13 noyabr 2021, 13:44

O‘zbek virusologiyasi asoschisi Shabat Xo‘jayev vafot etdi

O‘zbekiston Virusologiya instituti asoschisi, professor Shabat Xo‘jayev 98 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Nyu-York akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan. Fan arbobi O‘zbekiston aholisini gepatit virusiga qarshi ommaviy emlash g‘oyasini ilgari surgan, 1990 yilga kelib, virusli gepatit B ga qarshi emlash dasturini ishlab chiqqan edi.

13 noyabr 2021, 13:16

Senator Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumani hokimi etib tayinlandi

«Zarafshan Golden Group» MCHJ kompaniyasi rahbari, senator Ulug‘bek Fayziyev Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanga 25 yil rahbarlik qilgan Shabon Nabiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

13 noyabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: tovuqli taomlar

Tovuq sonlari va grechka, chaxoxbili, ramyon, qozon-kabob, kotletalar — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan sersuv taomlar retseptlarini taqdim etadi.

12 noyabr 2021, 23:13

Avtomobil sotib olish va vaqtincha olib kirish uchun to‘lovni 1 foizgacha kamaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda yangi va eski avtomobillarni xarid qilish hamda vaqtincha olib kirish uchun to‘lovni xarid narxining 1 foizigacha kamaytirish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, avtomobillar va uy-joylar oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun boj va yig‘imlarni unifikatsiya qilish taklif etilmoqda.

12 noyabr 2021, 21:30

12 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bo‘stonliq tumanida 56 tup daraxt kesib tashlanishi, USAID O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratishi, Shavkat Mirziyoyevning Turkiy kengash sammitidagi ishtiroki — “Gazeta.uz"ning 12 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

12 noyabr 2021, 19:12

«32 mamlakatda elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak» — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish partiyasi rahbari elektron sigaretalarni cheklash taklifi bilan chiqdi. «32 mamlakatda elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak», — dedi Alisher Qodirov. Partiya fraksiyasi a’zolari uni qo‘llab-quvvatladi.

12 noyabr 2021, 19:11

Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

12 noyabr 2021, 19:06

“Afg‘onistonning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarb” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U “Afg‘onistonning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbligini” aytib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting