Yangiliklar

12 iyul 2021, 03:26

Yevro-2020. Italiya Yevropa chempioni bo‘ldi

Yevropa chempionatining final uchrashuvida Italiya terma jamoasi Angliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi (foto, statistika, video).

12 iyul 2021, 01:49

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi

Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson VSS Unity raketoplanida koinotga parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kosmik turizm erasi boshlanganini e’lon qildi.

11 iyul 2021, 15:52

Argentina Braziliyani mag‘lub etib, Amerika kubogida chempion bo‘ldi

Amerika kubogi turnirida Argentina hamda Braziliya terma jamoalari finalda o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur uchrashuvda Argentina 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldi.

11 iyul 2021, 13:05

O‘zbekiston besh oyda 291,6 mln dollarga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Eksport qilish bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

11 iyul 2021, 12:52

Adliya vaziri jamoat joylarida «ibodat libosi» taqiqi bekor qilinganiga izoh berdi

«Bir necha yil oldin ishchi guruh «ibodat libosi» tushunchasini aniqlashga urindi, ammo guruh bu borada «boshi berk ko‘chaga kirib qoldi», dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu konsepsiyaning ta’rifi bilan bog‘liq muammolar tufayli, hatto oddiy vaziyatlarda ham odamlar javobgarlikka tortilgan, ammo «endi bu amaliyot to‘xtatildi».

11 iyul 2021, 11:21

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zini shampan va gazlangan vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida tan oladigan “O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatining 51,48 foiz davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

11 iyul 2021, 11:11

10 iyul kuni 274 kishida pnevmoniya aniqlandi

Shanba kuni O‘zbekistonda 485 nafar fuqaroda koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

11 iyul 2021, 09:37

Hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazlari qayta ish boshlamoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida 1000 va 400 o‘rinli koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazi qayta ish boshladi.

11 iyul 2021, 09:17

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Kecha Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

10 iyul 2021, 17:32

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi

Hukumat qarori bilan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yagona «E-ma'muriy ish» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida ushbu tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

10 iyul 2021, 17:18

Tojikistonda zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Tojikistonning sharqiy qismida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Natijada, besh kishi halok bo‘ldi va 19 ta uy zarar ko‘rdi.

10 iyul 2021, 17:03

Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilishda gender tenglikka doir tamoyillar ta’minlanadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya zaxiralari kollejlarining Paralimpiya sport bo‘limlariga yuborilgan sportchilar uchun qo‘shimcha 10 foizgacha kvota ajratish, shuningdek ushbu bo‘limlarda ota-onalardan o‘quv to‘lovlarini undirish tartibini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.

10 iyul 2021, 13:45

«Bu yer dam olish uchun salqin va sokin joy bo‘ladi». Arxitektorlar Do‘stlik bog‘i rekonstruksiyasi haqida

Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu yer dam olish va sayr qilish uchun sokin va soya-salqin joy bo‘ladi. Bog‘ yoz oxirida o‘z eshiklarini qaytadan ochadi. Bu yerda bolalar maydonchalari, kutubxona, sport zonalari va piknik joylari bo‘ladi. Birorta ham attraksion bo‘lmaydi.

10 iyul 2021, 12:34

Kuchukni daraxtga osgan bolalarning ota-onalari va uni videoga olib tarqatgan bolalar jarimaga tortildi

Sud kuchukni daraxtga osib qo‘ygan bolalarning ota-onalarini 245 ming so‘m hamda voqeani videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan o‘rta maktab o‘quvchilarining har birini 2,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortdi.

10 iyul 2021, 11:57

Keksa fuqaroga tan jarohati yetkazgan IIB sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

73 yoshli kishiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblangan Toshkent shahar IIBB PPX sobiq xodimlariga sud hukmk o‘qildi. Ular 2 yil muddatga Ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.

10 iyul 2021, 11:23

9 iyul kuni 259 kishida pnevmoniya aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

10 iyul 2021, 11:11

O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi

Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Tojikistonda bo‘lgan.

10 iyul 2021, 10:30

Nonushtaga tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar

Pishloq va ko‘katli pirojkalar, pomidorli tost va tovuqli sloykalar, lavashli naychalar — Zira.uz nonushta uchun tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

9 iyul 2021, 23:51

Namanganda topilgan aviabombalar harbiy qism poligonida yo‘q qilindi

Namangan viloyatida topilgan 6 dona eski aviabomba Popdagi harbiy qism poligonida yo‘q qilindi. Ular topilgan hududda o‘tgan asrning 50-yillarigacha harbiy poligon bo‘lgani aytilmoqda.

9 iyul 2021, 22:59

Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qibray tumanida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishi bilan tanishdi. Manzarali daraxtlar ekiladigan bog‘da «Istiqlol» majmuasi, amfiteatr, sun’iy ko‘l, sport va bolalar maydonchalari hamda boshqalar barpo etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting