Yangiliklar

27 mart 2022, 17:11

YeTTB O‘zbekistonning to‘rtta bankiga 210 mln dollar kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning to‘rtta bankiga 210 mln dollar kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar mahalliy korxonalarga tovar zaxiralarini yaxshiroq boshqarish va uzoqroq muddatlarda savdoni rejalashtirish maqsadida ajratiladi.

27 mart 2022, 16:00

Bu «risklar» savdoni erkinlashtirmaslik uchun sun’iy o‘ylab topilgan qiyinchiliklar — iqtisodchilar Galina Saidovaning so‘zlari haqida

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidovaning O‘zbekistonda savdoni liberallashtirishdagi risklar haqidagi so‘zlariga iqtisodchilar o‘z munosabatini bildirdi. «Ushbu maqolani 3 marotaba o‘qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligi haqida tushunmadim», — dedi iqtisodchi Botir Qobilov. Bu xuddi 1945 yil aprelda Gitler Germaniyasiga ittifoqchi bo‘lishni rejalash kabidir, dedi moliyachi Otabek Bakirov. «Gazeta.uz» shu kabi munosabatlarni jamladi.

27 mart 2022, 15:24

Samarqand viloyatida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida MCHJ rahbari jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, pulning 100 ming dollarini olayayotgan vaqtda ushlandi.

27 mart 2022, 15:12

DBQ rahbariyati va qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga ikkita o‘rinbosar, beshta hududiy bojxona boshqarmasi hamda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga rahbarlar tayinlandi. Shuningdek, oltita hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

27 mart 2022, 13:54

Sirdaryoda DSB boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan olgan porasini qaytarayotganda ushlandi

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 14,5 ming dollar pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganida ushlangan.

27 mart 2022, 10:42

Silk Avia aviakompaniyasi uchun 70 o‘rinli uchta samolyot kelishi kutilmoqda — Ra’no Jo‘rayeva

Uzbekistan Airports raisi Ra’no Jo‘rayeva yangi tashkil etilayotgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘yicha ayrim tafsilotlarni ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 40 ga yaqin yo‘nalishda ichki reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Birinchi bosqichda 70 o‘rinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilmoqda.

26 mart 2022, 22:15

Galina Saidova — savdoni liberallashtirishda O‘zbekiston duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi davomida O‘zbekistonning savdoni liberallashtirishdagi yutuqlariga to‘xtalib o‘tdi. Shunga qaramasdan, u ish o‘rinlarini yaratish, tashqi savdodagi defitsit, logistika va integratsiya bilan bog‘liq to‘rtta xavfni aytib o‘tdi. «Agar biz yetarli darajada oddiy bo‘lmagan mazkur to‘rtta muammoni hal qila olsak, tashqi savdo faoliyatini liberallashtirishning keyingi bosqichi haqida gapirishimiz mumkin», — dedi u.

26 mart 2022, 22:12

Fevral oyi uchun 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi — DSQ

Davlat soliq qo‘mitasi fevral oyida xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan 183 mingdan ortiq iste’molchiga 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 17:11

O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tgan harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Abdurasul Tuyg‘unov va Abdumalik Abdurahmonov AQShning Missisipi shtatida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or jangchi-2022» musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Ular AQSh Milliy gvardiyasining Maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan fitnes test, 15 kg yuk bilan 20 kmga marsh yugurish, artilleriya olovini boshqarish, o‘qotar qurollarni yoyish va yig‘ish, o‘q otish hamda kutilmagan mashqlar doirasida o‘zaro kuch sinashdi.

26 mart 2022, 16:12

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.

26 mart 2022, 13:54

Toshkentda kuzatilayotgan shamol tufayli haydovchilardan mashinalarini daraxt tagida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol sababli haydovchilardan avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

26 mart 2022, 13:16

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi

Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 12:46

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.

26 mart 2022, 11:49

Farg‘ona viloyatida uchta shahar hududini kengaytirish taklifi bildirildi

Farg‘ona viloyatida tumanlar yerlari hisobidan shaharlar hududini kengaytirishga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlaridan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan bir qismini Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif etilmoqda.

26 mart 2022, 11:19

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani aytilmoqda

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ayol kishi it tishlashi oqibatida vafot etganidan keyin sodir bo‘lmoqda. «Hayot» boshpanasi itlarni o‘ziga olib ketmoqda. IIV vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 10:26

Nima tayyorlaymiz: kekslar

Shokoladli keks, keks-chizkeyk, smetanadan tayyorlangan «Zebra» keksi, turshak va apelsinli keks — Zira.uz kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

26 mart 2022, 09:56

Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosari $12 ming pora olganlikda gumonlanmoqda

Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari fuqaroga yer ajratib berish hamda noqonuniy qurilgan binoni buzdirmaslik evaziga 12 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

25 mart 2022, 22:00

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar, sotuvga qo‘yilgan MOBIUZ va Tashkent City, 1 apreldan to‘liq ishga tushadigan Samarqand aeroporti, tugayotgan yomg‘ir mavsumi, Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan poyezd qatnovi, 2030 yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

25 mart 2022, 21:29

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Navruz Cup-2022» xalqaro o‘rtoqlik turniri yarim final bahsida Qirg‘iziston jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Eldor Shomurodov va dubl bilan Igor Sergeyev mualliflik qildi. Final o‘yini Ugandaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

25 mart 2022, 20:32

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida 1351 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganligini, 3825 nafari esa yaralanganini ma’lum qildi. Vazirlik harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi asosiy vazifalari amalga oshirilganini aytdi. Ukraina va NATO Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lganligini aytmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting