Yangiliklar

22 fevral 2022, 17:41

«Navoiy-Moskva» reysi yo‘lovchilariga uchish joyi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berildi

Aviareys yo‘lovchilarini chalg‘itish bilan bog‘liq yana bir holat Qarshida sodir bo‘ldi. Moskvaga uchish uchun aeroportga 150 ga yaqin odam yetib keldi, biroq, uchib ketish joyi Navoiy bo‘lib chiqdi. Yo‘lovchilar jo‘nab ketish joyigacha taksida o‘z hisobidan borishiga to‘g‘ri keldi. Chiptalar onlayn xarid qilingandi.

22 fevral 2022, 17:01

O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi

O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi. Institut Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda umumiy qiymati 5,65 mln dollarlik Orolbo‘yi mintaqasining yashil tiklanishini moliyalashtirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishni boshlab yubordi.

22 fevral 2022, 16:33

Qozog‘iston Ukrainadagi vaziyat oqibatlariga qarshi ta’sir choralarini ko‘rish rejasini ishlab chiqmoqda

Qozog‘iston prezidenti «harbiy-siyosiy va sanksiya qarama-qarshiligi natijasida xalqaro vaziyatning muqarrar yomonlashuvining salbiy oqibatlari»ga tezkorlik bilan ta’sir choralarini ko‘rish uchun inqirozga qarshi rejani ishlab chiqishni topshirdi.

22 fevral 2022, 16:33

Ukraina atrofidagi vaziyat fonida jahon bozorlari «quladi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXRlarni tan olish haqidagi farmoni ortidan jahon bozorlari «quladi». Moskva birjasi 2008 yilning noyabridan beri eng shiddatli pastlashni boshdan kechirdi.

22 fevral 2022, 16:00

Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, IIV Tezkor-qidiruv departamentida esa Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi. Yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlar xatlovdan o‘tkaziladi.

22 fevral 2022, 15:55

O‘zbekistonda yanvar oyida 69 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘p. Chaqaloqlarning yarmidan ko‘pini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. Eng ko‘p tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda, eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

22 fevral 2022, 14:47

Qashqadaryoda fuqaroni $4 ming evaziga Milliy Gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda fuqaroni 4 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga noqonuniy tarzda ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Buxorodagi holatda esa fuqaro boshqa bir fuqaroni ishga kirishida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali yordam berishini aytib, 1500 dollar olganlikda gumon qilinmoqda.

22 fevral 2022, 14:39

Toshkentning barcha tumanlarida boshqaruv kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatishni Toshkentning barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etishni topshirdi. Xizmatlaridan aholi rozi bo‘lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno. Boshqaruv kompaniyalari tajribasi ijobiy baholandi.

22 fevral 2022, 14:02

Chet eldan avtomobil sotib olish endi qanchaga tushadi?

«Gazeta.uz» bojxona bojining pasaytirilishi O‘zbekistonga import qilinayotgan avtomobillar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisoblab chiqdi. Taqqoslash uchun jadval.

22 fevral 2022, 11:49

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19,6 ming kv. metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Hokim bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lganligi bois Andijon viloyati prokuraturasi uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha Xalq depututlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritdi.

22 fevral 2022, 11:18

Bir sutka davomida 175 kishida kovid aniqlandi

Dushanba kuni O‘zbekistonda 175 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 15 taga ko‘p. Shu kuni ikki fuqaro virus asoratlari oqibatida vafot etdi. 31 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

22 fevral 2022, 10:40

Yana ikki sud raisi lavozimidan ozod etildi

Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun JIB Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedov muddatidan avval ishdan bo‘shatildi.

22 fevral 2022, 10:26

«Biz o‘zimizning zaminimizdamiz. Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz» — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi qarori mamlakat hududiy yaxlitligini buzishini, biroq Ukraina provokatsiyalarga berilmasligini aytdi. «Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz. Hozir 2014 yilning fevrali emas, 2022 yilning fevrali. Bu boshqa davlat. Boshqa armiya», — deb bayonot berdi u.

22 fevral 2022, 09:44

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilab berildi

Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilishi farmonda turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirish va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek, aholini sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda sportchilarni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga puxta tayyorlash zaruriyati bilan izohlanadi. Shu bilan sport sohasida davlat siyosatini yurituvchi organ oltinchi marta qayta tashkil etilmoqda.

22 fevral 2022, 08:11

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining munosabati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Zelenskiy shu kecha qilgan videomurojaatida «Rossiyaning xatti-harakatlaridan qat’i nazar» xalqaro miqyosda tan olingan Ukraina chegaralari «shundayligicha qolishini» qayd etdi. Jahon hamjamiyati Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

21 fevral 2022, 23:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydening Rossiya Ukrainaga hujum qilmasa, Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lgani, Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazilgani, Ozarbayjon Armanistonning sobiq prezidentlari Kocharyan va Sargsyanga qidiruv e’lon qilgani, DXR va LXR Rossiyadan respublikalarning mustaqilligini tan olishini so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

21 fevral 2022, 22:39

Prezident import avtomobillar uchun bojxona boji miqdorini pasaytirdi

Shavkat Mirziyoyev avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dvigatel quvvati uchun qo‘shimcha koeffitsiyentlar miqdori ham kamaytiriladi. Tariflar ikki bosqichda pasaytiriladi (jadval).

21 fevral 2022, 22:00

21 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shveysariya bankidagi mablag‘lari ochiqlangan 4 nafar o‘zbekistonlik, ichki ishlar xodimlarining videosini ruxsatsiz tarqatish taqiqlanishi mumkinligi, qadimiy qo‘lyozmalar sabab O‘zMU mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoiy ishi, avtomobil uchun navbatlarni sotish sxemasini oshkor qilgan «O‘zavtosanoat» rahbari, jarimaga tortilgan Firdavs Abduxoliqov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

21 fevral 2022, 21:18

Bo‘sh bankomatni o‘g‘rilagan shaxslar yana bir bankomatni tunashda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatida uch nafar fuqaro ketma-ket ikkita bankomatni o‘g‘rilagani aniqlandi. Gumondorlar birinchi safar joyidan yechib olib ketgan bankomatning ichidan 138 mln so‘m chiqqan, ikkinchi safar esa bankomat ichida pul bo‘lmagan. Bo‘sh bankomat shu bois Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

21 fevral 2022, 20:50

«O‘zavtosanoat» rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi

Uzauto Motors avtomobillarini xarid qilishdagi navbatlar buzilishi dilerlar bergan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda sodir bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mashina olishdagi navbatlarni aylanib o‘tish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo ma’lumotlar bazasini YHXBB ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashni rejalashtirmoqda. Hozirda mashina sotib olish uchun navbat 52 mingtagacha kamaygan. Shuningdek, u ishlab chiqarish hajmi yetishmasligini mahalliylashtirish darajasining pastligi bilan izohladi


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting