Yangiliklar

28 mart 2022, 18:07

«O‘zbekiston uchun noyob iqtisodiy imkoniyatni boy bermasligimiz kerak» — Zafar Hoshimov

Yirik kompaniyalar Rossiyani tark etishi fonida O‘zbekiston mintaqaviy sanoat va tijorat habiga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega, deb hisoblaydi tadbirkor Zafar Hoshimov. «„Xavf va tahdid sotuvchilari“ bizni yana qo‘rqitishiga va o‘tmishga qaytarishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», — dedi u.

28 mart 2022, 16:53

2021 yilda 19 nafar sudya ishdan olingan, 220 nafari esa intizomiy jazoga tortilgan

Sudyalar oliy kengashi 2021 yilda 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgani, yana 220 nafar sudya kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun intizomiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. 2022 yilning birinchi choragida esa, 22 nafar sudya ishdan olingan, 80 nafariga intizomiy chora qo‘llanilgan.

28 mart 2022, 16:37

O‘zbekistonda qaysi hokim o‘z qarorlarini tez-tez bekor qilib turadi?

28 mart holatiga e-qaror.gov.uz elektron tizimida 221 ta viloyat, tuman, shahar hokimiyatlari qabul qilgan 76 mingga yaqin hokim qarorlari haqida ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hokimiyatlar bir yil ichida kuniga o‘rtacha 177 ta qaror qabul qilgan. Qarshi shahar hokimi esa o‘rtacha har ikki kunda o‘zi tomonidan qabul qilingan bitta qarorni bekor qiladi.

28 mart 2022, 16:26

«Adolat» partiyasi vakili «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atadi

«Adolat» partiyasi vakili Gulniso Saidova «Ochiq budjet» portalida fuqarolar muammolar yechimi bo‘yicha tashabbuslarni taklif etib, bunga ovoz to‘plash jarayonini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu o‘zlariga qadrdon bo‘lgan tashkilot, maktab, bog‘cha va hokazolarga davlatning mablag‘ ajratilishi uchun tilanchilikdir». So‘nggi uch oyning o‘zida platformada 69,7 ming tashabbusga 5,9 mlnta ovoz berilgan.

28 mart 2022, 16:22

Shveysariya kompaniyasi suvni virus va bakteriyalardan 99,99 foizgacha tozalaydigan texnologiyalarni taklif qildi

Shveysariya kompaniyasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslar, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif berdi. Ekoqo‘mita hamkorlik imkoniyatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

28 mart 2022, 15:56

Surxondaryodagi chegara bojxona postida kartoshka orasidan 154 kg «gashish» topildi

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan 22 tonna kartoshka orasiga 154 kg «gashish» yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasi kartoshkalar ko‘rinishida qadoqlangan.

28 mart 2022, 14:41

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan Lacetti tezkor tadbir davomida to‘xtatildi (video)

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimlarining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmasdan, qochishga urindi. Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Haydovchini ushlash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

28 mart 2022, 14:18

Jahon banki O‘zbekistonga soliq islohoti uchun 60 mln dollar ajratdi

Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga 60 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Ushbu mablag‘lar hisobiga mamlakatda soliqlarni hisoblash va to‘lashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizga, QQS undirishni 75 foizga yetkazish, soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish vaqtini ikki barobarga qisqartirish maqsad qilingan.

28 mart 2022, 12:04

Turkiya prezidenti 29−30 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29−30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

28 mart 2022, 11:54

«Inson huquqlari uyi» tashkil etildi

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» tashkil etildi.

28 mart 2022, 11:50

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Mart oyi oxirigacha respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat seshanba kuni ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat janubda +25 darajagacha ko‘tariladi.

28 mart 2022, 11:35

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.

28 mart 2022, 11:25

Namangandan Olmaotaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.

28 mart 2022, 10:59

Surxondaryoda tadbirkor 220 ming dollar kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Muzrabot tumanida korxona rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun ajratilgan 220 ming dollar kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Uning asl bahosi 737,8 mln so‘m bo‘lgan bino narxini sun’iy ravishda oshirib, uni 2,5 mlrd so‘mga garov ta’minoti sifatida qo‘ygani ham aniqlandi.

28 mart 2022, 10:24

«Oskar-2022» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda «Oskar» mukofotining 94-marosimida Uill Smitt eng yaxshi aktyor, Jessika Chesteyn esa yilning eng yaxshi aktrisasi deb e’lon qilindi. Eng yaxshi badiiy film nominatsiyasida CODA e’tirof etildi. «Dyuna» filmi 6 ta «Oskar» sohibi bo‘ldi.

28 mart 2022, 10:14

O‘zbekistonga 2,1 mlndan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi yana 2,1 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

28 mart 2022, 09:45

Toshkent xalqaro investitsiya forumida $7,8 mlrdlik shartnoma va bitimlar imzolandi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z yakuniga yetdi, uning doirasida 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ma’lum qilishicha, qiymati 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga ham erishilgan.

27 mart 2022, 17:11

YeTTB O‘zbekistonning to‘rtta bankiga 210 mln dollar kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning to‘rtta bankiga 210 mln dollar kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar mahalliy korxonalarga tovar zaxiralarini yaxshiroq boshqarish va uzoqroq muddatlarda savdoni rejalashtirish maqsadida ajratiladi.

27 mart 2022, 16:00

Bu «risklar» savdoni erkinlashtirmaslik uchun sun’iy o‘ylab topilgan qiyinchiliklar — iqtisodchilar Galina Saidovaning so‘zlari haqida

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidovaning O‘zbekistonda savdoni liberallashtirishdagi risklar haqidagi so‘zlariga iqtisodchilar o‘z munosabatini bildirdi. «Ushbu maqolani 3 marotaba o‘qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligi haqida tushunmadim», — dedi iqtisodchi Botir Qobilov. Bu xuddi 1945 yil aprelda Gitler Germaniyasiga ittifoqchi bo‘lishni rejalash kabidir, dedi moliyachi Otabek Bakirov. «Gazeta.uz» shu kabi munosabatlarni jamladi.

27 mart 2022, 15:24

Samarqand viloyatida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida MCHJ rahbari jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, pulning 100 ming dollarini olayayotgan vaqtda ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting