Yangiliklar

3 sentabr 2021, 21:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda AES qurilishi mumkinligi, AQShda suv toshqinlari qurbonlari sonining 45 kishiga yetgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

3 sentabr 2021, 15:51

OTMga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Davlat test markazi OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandatni) e’lon qildi. Qayd etilishicha, javobni hududlar kesimida belgilangan vaqtda tekshirib ko‘rish talab etiladi. Onlayn tarzda 5 xil usulda test natijalarini bilish mumkin.

3 sentabr 2021, 14:07

Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni Nexia urib yubordi

Pop tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

3 sentabr 2021, 12:57

Talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi. Hukumat qarori bilan amaliyot muddati, saralab olish bosqichlari va tartibi belgilab berildi.

3 sentabr 2021, 12:37

O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklarni mamlakatni tark etishi kerak

O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklar 10 sentyabrgacha muddatni uzaytirishi yoki mamlakatni tark etishi lozim. Hukumat o‘tgan yilning sentyabrida joriy etilgan vaqtinchalik tartibni bekor qildi.

3 sentabr 2021, 11:30

O‘tgan 6 oyda mamlakatda 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar — iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Eng yuqori ulushga ega viloyatlar Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari hisloblanadi.

3 sentabr 2021, 10:30

«DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerak». Maqsuda Vorisova — «mandat» kechikayotgani haqida

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandat) e’lon qilish kechikayotganligi uchun Davlat test markazini tanqid qildi. U DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Markaz ketma-ket uchinchi yil mandat e’lon qilish muddatini buzmoqda.

3 sentabr 2021, 10:11

2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 689 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 689 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 93 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

3 sentabr 2021, 09:57

Paralimpiada-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2 sentabr 2021, 21:58

Paralimpiada-2020. Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Paraatlet Husniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida so‘nggi urinishda raqibidan g‘alabani tortib oldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi.

2 sentabr 2021, 21:41

Germaniya O‘zbekistonga COVID-19`ga qarshi preparat yubordi

Germaniya O‘zbekistonga 20,6 mln yevrolik koronavirusga qarshi yuqori samarali dori vositasini yubordi. U COVID-19`ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy «antitanachalar kokteyli» hisoblanadi.

2 sentabr 2021, 19:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilar tomonidan 100 dan ortiq o‘quvchining o‘g‘rilab ketilgani, AQShda «Ida» dovuli tufayli sakkiz kishining halok bo‘lgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 sentabr 2021, 14:27

Surxondaryoda Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida haydovchining o‘g‘li vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisining o‘g‘li vafot etdi. Viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir holatda notekis yo‘lda harakatlanayotgan Jiguli mashinasi Cobalt bilan to‘qnashdi, oqibatda bir kishi olamdan o‘tdi.

2 sentabr 2021, 14:19

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev, Tatyana Karimova, prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi vakillari, parlament a’zolari va davlat organlari rahbarlari birinchi prezident Islom Karimovni xotirlashdi. Davlat rahbari birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

2 sentabr 2021, 13:59

«Afg‘onistonda siyosiy barqarorlikni o‘rnatish — mintaqaviy xavfsizlikning ishonchli omilidir» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish haqida gapirar ekan, Afg‘oniston ham mintaqaning ajralmas qismi ekanligiga urg‘u berdi. «Afg‘onistonda siyosiy barqarorlikni o‘rnatish — mintaqaviy xavfsizlikning ishonchli omilidir», — dedi prezident.

2 sentabr 2021, 12:11

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi — video

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Kanadadagi Niagara sharsharasida mamlakat bayrog‘i ranglari jilolandi.

2 sentabr 2021, 11:47

Pensiya va nafaqalar 6 sentyabrdan to‘lab beriladi

Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalarni to‘lab berish muddati o‘zgardi. Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, 6 sentyabrdan boshlab pensiya va nafaqalar to‘lanishi ta’minlanadi.

2 sentabr 2021, 11:00

Enter Engineering xayriya aksiyasini uyushtirdi

Enter Engineering kompaniyalar guruhi «Mehribonlik» jamiyatga nogironlar aravachasi, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalarni sotib olishda yordam berdi.

2 sentabr 2021, 10:56

Sentabrning ilk kunida 736 kishi koronavirusga chalindi

Koronavirusga chalinish holati ketma-ket to‘rtinchi kun 800 dan pastga qarab tushmoqda. Shuningdek, sentabrning ilk kunida 494 kishi tuzalib, 5 nafar bemor olamdan o‘tdi. Pnevmoniyaga chalinish holati esa oshdi.

2 sentabr 2021, 04:11

FT: YeI O‘zbekiston va Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilariga qochqinlarni qabul qilish evaziga pul to‘lashi mumkin

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Afg‘oniston qo‘shnilariga qochqinlarni qabul qilish evaziga 600 mln yevro to‘lab berishni rejalashtirayapti, deb xabar berdi Financial Times. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy ko‘makni O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va xatto Eron ham olishi mumkin. Bu Afg‘onistondan Yevropaga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan qochoqlar oqimining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting