26 fevral, chorshanba

Yangiliklar

BAAning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi 

Said Matar Sultan as-Siri al-Qamziy BAAning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi.

MTV Bekobodda bolalarning ovqatdan zaharlanish sabablarini oshkor qildi 

Bekoboddagi 15-MTT tarbiyalanuvchilarining ommaviy ovqatdan zaharlanishga taom tayyorlash texnologiya qo‘pol tarzda buzilishi hamda sanitariya qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Mudira, oshpaz va hamshira vazifasidan ozod qilindi.

MMA kurashchisi Bekzod Nurmatov Grozniydagi jangdan so‘ng vafot etdi 

O‘zbekistonlik MMA kurashchisi Bekzod Nurmatov rossiyalik Beslan Isayev bilan jangdan so‘ng shifoxonada vafot etdi.

Prezidentning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik muhokama qilindi 

O‘zbekiston prezidentining dekabrda Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik doirasida kimyo, elektr stansiyalari qurilishi, suv tozalash tizimlarini modernizatsiya qilish va elektrobuslar ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Metroda aloqasiz to‘lov joriy etildi 

Toshkent metropolitenining o‘nta stansiyasida Humo kartasi bilan aloqasiz to‘lov imkoniyati paydo bo‘ldi.

To‘rtta shaharda Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi 

Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzaxda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

Afg‘onistonlik tadbirkorning 10 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Toshkentda «Oloy» bozori yonida qurilish uchun yer olib berishni va’da qilib, afg‘onistonlik tadbirkordan 10 ming dollarni qo‘lga kiritgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijondagi «kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan» o‘qituvchi ayolning eri ikki pedagogni kaltakladi 

Andijonda «kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan» matematika fani o‘qituvchisining eri direktor o‘rinbosari va CHQBT fani o‘qituvchisini do‘pposladi. Ikki pedagog shifoxonaga yotqizildi.

Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha tajriba boshlanadi 

2021 yilda Sirdaryo viloyatida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha tajriba boshlanadi.

«O‘ztransgaz» 188,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani ma’lum qilindi 

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalarining 188,2 mlrd so‘mlik noqonuniy harakatlariga barham berildi.

O‘zbekistonda byudjeti 20 mln dollar bo‘lgan tarixiy serial tasvirga olinadi 

Star Media kinokompaniyasi O‘zbekistonda byudjeti 20 mln dollar bo‘lgan tarixiy serialni tasvirga oladi. Tasvirga olish ishlari Samarqand, Buxoro va Xivada olib boriladi.

Fond bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 

Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.