17 fevral, dushanba

Yangiliklar

Ovqatdan zaharlanish qayd etilgan Bekoboddagi bolalar bog‘chasi vaqtincha yopildi 

Bekoboddagi bolalar ommaviy ovqatdan zaharlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ovqat tayyorlash bloki va guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlandi.

O‘zbekiston Robototexnika xalqaro chempionatida ilk medallarni qo‘lga kiritdi 

O‘zbekistonlik ixtirochilar Robototexnika xalqaro chempionatida tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Smart doc box uskunasini yasab, birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.

Kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi karerasini g‘alaba bilan boshladi 

O‘zbekistonlik kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratdi.

AQSH ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga 50 mln dollargacha mablag‘ ajratadi 

O‘zbekiston va AQSH besh yil davomida xalq ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollargacha miqdorda grant ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Turkiyada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV 

Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining mavjudligi haqida kelib tushmadi, deya xabar qildi TIV.

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi 

Toshkent prokuraturasi poytaxt hokimi nomiga taqdimnoma kiritganidan so‘ng Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi.

DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yilga qamaldi 

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Tadbirkorlarni homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qilindi 

Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qildi va zarur choralar ko‘rilishiga va’da berdi.

DXXning sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi 

O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi.

Bekobodda bog‘cha bolalari ommaviy ovqatdan zaharlandi 

Bekoboddagi 15-MTM tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. SSV holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasiga a’zo bo‘ldi 

O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Xalqaro xokkey federatsiyasiga qabul qilindi.

Rossiyada politsiyachilar o‘zbekistonliklarni kaltaklagani yuzasidan rasmiy murojaat yo‘llandi 

Balashixada muzey restavratsiyasi uchun taklif qilingan o‘zbekistonliklarning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanishi yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy murojaat yo‘llandi.