12 avgust, chorshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

2 aprel 2020, 23:27

Koronavirus holatlari soni 200 dan oshdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 15 taga ko‘payib, jami 205 taga yetdi.

2 aprel 2020, 21:22

AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi

AQSH hukumati keng qamrovli tahlil o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini yaratish, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, epidemiologik nazoratni yaxshilash hamda koronavirus haqidagi dezinformatsiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘maklashadi. Ushbu tadbirlar uchun O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratiladi.

2 aprel 2020, 19:30

O‘zbekiston Afg‘onistonda muzokara olib boruvchi jamoa tuzilganini olqishladi

O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyatining inklyuziv muzokara jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi. Avvalroq prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli Tolibon bilan o‘zaro kelishuv va mahbus almashuvi bo‘yicha muzokaralar qoldirilgan edi.

2 aprel 2020, 19:16

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi

2 aprel kuni O‘sh viloyatiga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yuklari yetib bordi. Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston hukumatiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

2 aprel 2020, 18:43

Moskva aeroportlarida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixona

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 160 nafarga yaqin o‘zbekistonliklarni charter reyslari qayta tiklangunga qadar xostellarga joylashtirdi. Rossiya poytaxtidagi aeroportlarda fuqarolar to‘plangani yo‘q.

2 aprel 2020, 17:41

Koronavirusga chalingan yana 13 bemor sog‘aydi

Koronavirusga chalingan yana 13 bemorning sog‘aygani xabar qilindi. Ularning ikki nafari mart o‘rtasida xorijdan kelgan, 11 nafari esa infeksiya yuqtirgan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan. Shunday qilib, O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan tuzalganlar soni 25 kishiga yetdi.

2 aprel 2020, 17:32

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 1 foizga kamayishi mumkin

BMTning yangi hisobotiga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi jahon iqtisodiyotini 1 foizga kamaytirishi mumkin. Bu ko‘rsatgichni kamaytirish uchun mamlakatlar moliyaviy rag‘batlantirish chora-tadbirlarni sog‘liqni saqlash sohasiga va kam daromadli tabaqalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishi kerak.

2 aprel 2020, 17:28

O‘zbekistonda «Yevro-4» va «Yevro-5» dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

30 martdan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

2 aprel 2020, 16:49

Dizel yonilg‘isining narxi 300 so‘mga pasaydi

3 apreldan boshlab, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi.

2 aprel 2020, 15:38

Bloger «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasiga 30 mln so‘m xayriya qildi

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalida o‘tkazgan reklama aksiyasidan tushgan 30 mln so‘mni «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘tkazib berdi.

2 aprel 2020, 15:10

Maktab bitiruvchilari uchun Yagona test sinovlari joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar va bakalavriatga kirish sinovlari birlashtirilishi mumkin. Yagona test sinovlarida qoniqarli natija ko‘rsatgan bitiruvchilar qo‘shimcha test sinovlarisiz OTMlarga kirish tanlovida qatnashadi.

2 aprel 2020, 14:19

Karantin qoidabuzarligi bilan bog‘liq holatlar 19 mingdan oshdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 19 843 ta holat aniqlandi.

2 aprel 2020, 13:15

Turkiya o‘zbek furalariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi

Gruzin-turk chegarasida ushlanib qolgan o‘zbek fura haydovchilariga O‘zbekistondan chiqqan kunlaridan boshlab 14 kun o‘tganidan keyin Turkiyaga kirishga ruxsat berildi.

2 aprel 2020, 12:58

Hindiston kompaniyasi Andijonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Hindistonning Cadila Pharmaceuticals kompaniyasi «Andijon-farm» EIZ hududida farmatsevtika korxonasi tashkil etishga 50 mln dollar sarmoya kiritadi.

2 aprel 2020, 12:02

Toshkentdagi xayriya tadbirlari markazi o‘z ishini boshladi

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da ish boshlagan xayriya tadbirlarini muvofiqlashtirish markazi 2 aprel kuni poytaxtdagi 350 ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatadi. Ularni yetkazish uchun har bir tumanga 2 tadan — jami 22 ta «Damas» avtomashinasi ajratilgan.

2 aprel 2020, 11:55

Koronavirus bemorlari soni 190 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi va bemorlar soni jami 190 nafarga yetdi.

2 aprel 2020, 10:44

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 187 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 187 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya institutida davolanayotgan 90 nafar bemorning 23 tasida pnevmoniya alomatlari bor. 5 nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan 2 nafarining ahvoli esa barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

1 aprel 2020, 23:09 1

Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.

1 aprel 2020, 21:42

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 181 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 8 nafarga oshib, jami 181 kishiga yetdi.

1 aprel 2020, 20:47

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga un, oziq-ovqat mahsulotlari va infeksiyadan himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.