26 fevral, chorshanba

Yangiliklar

Uchta tuman yer osti suvlaridan tejab foydalanishga o‘tadi 

Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.

Senat yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi 

Senatorlar yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, uning maqsadlari va vazifalarini kengaytirdi. Markaziy bank endilikda Senatga hisob beradi.

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida bosh shifokor va 4 xodim vazifasidan ozod qilindi 

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati start oldi 

Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuida boshlangan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 50 dan ziyod davlatdan sambochilar qatnashmoqda.

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi 

Prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.

Qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz bekor qilinadi 

1 yanvarda joriy etilgan qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz 2020 yildan bekor qilinadi. Dvigatel hajmiga ko‘ra hisob-kitob qilish tartibi qaytmoqda.

Transport vazirligi Myunxen xalqaro aeroporti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi 

Transport vaziri o‘rinbosari Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazma doirasida Myunxen xalqaro aeroportining boshqaruvchi direktori Ralf Gaffal bilan muzokaralar olib bordi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yangi rahbar tayinlandi 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Elmurat Xaitmetov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi.

Shirinlik va shokolad uchun import bojlari oshiriladi 

1 yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad importi uchun bojxona boji stavkalari 30 foizgacha oshiriladi. Hozirda ular mos ravishda 20 va 15 foizni tashkil etadi.

Iroqdan O‘zbekistonga 64 nafar bola olib kelindi 

«Mehr 2» deya nomlangan insonparvarlik operatsiyasi doirasida Iroq davlatidan 64 nafar bolalar O‘zbekistonga olib kelindi.

Bosh prokuratura «Kamolon» mahallasidagi qotillik tafsilotlarini e’lon qildi 

Toshkentning «Kamolon» mahallasida 26 yoshli bank xodimini o‘limida turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshi ayblanmoqda.

Dilshod Saidjonov OAOKA rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi 

Dilshod Saidjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.