Yangiliklar

19 aprel 2017, 10:51

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya rahbarini konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.

19 aprel 2017, 10:45

Toshkentning to‘rtta tumani hokimi o‘zgartirildi

Toshkentda Mirobod, Yashnobod, Uchtepa va Sergeli tumanlari hokimlari o‘zgartirildi.

19 aprel 2017, 10:25

Urush faxriylariga navbatsiz avtomobil sotib olish uchun sertifikatlar topshirildi

Poytaxtda yashovchi 300 nafarga yaqin urush faxriysiga navbatsiz yengil avtomobil sotib olish uchun sertifikatlar topshirildi.

19 aprel 2017, 10:12

O‘zbekiston Prezidenti Eron rahbariyatiga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida ro‘y bergan suv toshqinlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

19 aprel 2017, 10:02

Akademik Anna Glushenkova vafot etdi

Tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi taniqli olima Anna Glushenkova 91 yoshida vafot etdi.

18 aprel 2017, 21:55

«Bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi» — Prezident qarori

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni «Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

18 aprel 2017, 21:18

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi

Raqobat qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

18 aprel 2017, 21:06

Milliy bog‘da Adiblar xiyobonini barpo etiladi

Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom va Zulfiya haykallari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi Adiblar xiyoboniga ko‘chiriladi.

18 aprel 2017, 18:20

Mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi

Ulug‘bek Nazarov Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

18 aprel 2017, 17:04

Sherzod Xadjizadayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Muqaddam «Trastbank» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Sherzod Xadjizayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

18 aprel 2017, 15:46

Baxtiyor Abdusamatov Yunusobod tuman hokimi etib tayinlandi

Bunga qadar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan Baxtiyor Abdusamatov Yunusobod tuman hokimi etib tayinlandi.

18 aprel 2017, 14:32

Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha natijalar bekor qilindi

Mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilarni takroran ro‘yxatdan o‘tkazadi. Avvalgi jarayon tanqid ostiga olindi.

18 aprel 2017, 14:18

Davron Hidoyatov Toshkentning Chilonzor tumani hokimi bo‘ldi

Davlat raqobat qo‘mitasining sobiq raisi poytaxtning Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi.

18 aprel 2017, 12:31

Tojikistonda O‘zbekiston Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Dushanbedagi O‘zbekiston Milliy ko‘rgazmasida 160 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etmoqda.

17 aprel 2017, 19:53

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari butun O‘zbekiston bo‘ylab ochiladi

Toshkent va Samarqanddagi kabi kasb-hunarga o‘qitish markazlari barcha viloyatlarda ochiladi.

17 aprel 2017, 18:34

«Suvdan foydalanishda mintaqaviy hamkorlikning muqobili yo‘q» — TIV rahbari

Transchegaraviy suvlardan foydalanish va taqsimlash masalalarida oqilona kelishuv zarur, dedi Abdulaziz Kamilov.

17 aprel 2017, 17:37

Artel Canton Fair 2017 xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi

Yirik milliy ishlab chiqaruvchi Artel yetakchi davlatlarning kompaniyalari bilan birgalikda o‘z ekspozitsiyasini namoyish etmoqda.

17 aprel 2017, 17:13

«Barcha insonlar ushbu „o‘layotgan“ kemalarni ko‘rishlari lozim» — Stefan Prisner

Diplomatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

17 aprel 2017, 13:44

Turkiyadagi referendumda prezidentlik boshqaruv shakli tarafdorlari g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik boshqaruv shakli tarafdorlari 51 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi.

17 aprel 2017, 13:07

Militsiya maxsus kiyim-boshining yangilanishi kutilmoqda

Yangilangan maxsus kiyim-bosh va atributika militsiya to‘g‘risida ijobiy tasavvurlar shakllanishiga xizmat qilishi lozim.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting