26 fevral, chorshanba

Yangiliklar

Oksana Chusovitina sakkizinchi marta Olimpiadada qatnashadi 

Sakkizinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 44 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina O‘zbekiston uchun olimpiya medalini olishni orzu etmoqda.

Oliy Majlis Senati yigirma uchinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigirma uchinchi yalpi majlisida kun tartibiga kiritilgan 31 masaladan 19 tasi qonun, Vazirlar Mahkamasiga oid 4 ta parlament so‘rovi ko‘rib chiqildi.

Ohangaron tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi 

Mirzabek Toshboyev Ohangaron tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Toshkentning bosh rejasi 2020 yilda tayyor bo‘ladi 

Toshkentning bosh rejasini 2020 yilda jamoatchilikka taqdim etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov.

O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi qanday bo‘lishi senatorlar tomonidan tasdiqlandi 

Senatning majlisida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Ravshan Umarov Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi 

Hukumat qarori bilan Ravshan Umarov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qashqadaryoda seyfdan 70 ming dollar pul va tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi 

Yakkabog‘ tumani Jambul mahallasida yashovchi fuqaroning uyidan jami 807 million so‘mlik mol-mulkni o‘margan uch nafar shaxs ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz quvurlaridan foydalanish muammolari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuboriladi 

Tabiiy gaz quvurlari tizimi va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi ahvoli yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalasi ma’qullandi.

Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda bosh rolni o‘ynaydi 

Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlanadi va kartina Fransiya hamda O‘zbekiston telekanallarida orqali namoyish etiladi.

Mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz 

Senat majlisida aksariyat viloyatlarda mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning ko‘pchiligi sanitariya talablariga javob bermaydigan turar joylarga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

To‘rtko‘lda qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan aroqlar savdosiga chek qo‘yildi 

To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 106 mln so‘mlik aroq va mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 19 turdagi anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorida jarima to‘lashi mumkin 

Senat raisi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina OAV xodimlari, blogerlar ko‘tarayotganini, bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayotganini bildirdi.