Yangiliklar

14 oktabr 2021, 18:21

Samarqand viloyatida kuydirgi tarqalgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi — Veterinariya qo‘mitasi

Samarqand viloyatidagi qishloqlardan birida hayvonlar orasida Sibir yarasi (kuydirgi) kasalligi tarqalgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Davlat veterinariya qo‘mitasi laboratoriya tekshiruvlari natijalariga tayanib bu haqda ma’lum qildi.

14 oktabr 2021, 18:20

Buxoroda bog‘cha mudirasi xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qildi

Buxoroda xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi qo‘lga olindi.

14 oktabr 2021, 18:12

Farg‘onada er-xotin qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimiga chaqalog‘ini yoqib yuborish bilan tahdid qildi

Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln so‘m qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, chaqalog‘ining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va haqorat qilish moddalari bilan ish ochildi.

14 oktabr 2021, 17:05

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 710,63 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

14 oktabr 2021, 16:11

Qizil kitobga kiritilgan 8 bosh lochinni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni 280 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs va xaridor qo‘lga tushdi. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «qushlarning 6 nafari Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisobanadi». Lochinlar vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

14 oktabr 2021, 15:28 1

«Migrantlar ham mamlakat taraqqiyoti uchun soliq to‘lasin» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Kelinglar endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin», — dedi u.

14 oktabr 2021, 15:13

O‘zbekistonda AQSh harbiy bazalarini joylashtirish muhokama qilinmayapti — Abdulaziz Kamilov

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida AQShning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qurolli kuchlarini joylashtirish imkoniyati muhokama qilinmayapti va bu masala kun tartibida ham turgani yo‘q.

14 oktabr 2021, 14:32

Alohida toifali yoshlarga uy-joy qurish uchun garovsiz kreditlar ajratiladi

«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kirgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari» dagi yoshlarga turmush qurayotganida o‘z xonadonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 30 mln so‘mgacha kreditlar beriladi. Hukumat qarori bilan kredit ajratishning tartibi belgilab berildi.

14 oktabr 2021, 14:17

Cobalt va Nexia Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi

2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, Cobalt va Nexia avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi. Mamlakatda xarid qilingan mashinalarning 28,17% ushbu modellar hisobiga to‘g‘ri keladi. UzAuto Motors kompaniyaning Qozog‘iston bozoridagi avtomobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshganligini ma’lum qildi.

14 oktabr 2021, 13:28

Afg‘onistondan Amerikagacha: Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

Afg‘onistondan Amerikagacha — MSK qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xorijdagi saylovchilar diplomatik vakolatxonlarda tuzilgan uchastkalarda ro‘yxatga olinadi hamda saylov o‘tkazilish joyi va vaqti haqida xabardor qilinadi.

14 oktabr 2021, 12:09

AQSh O‘zbekiston bilan terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi — OAV

Politico nashrining yozishicha, AQSh Mudofaa vazirligi vakillari oktabrda O‘zbekistondagi tashrif davomida AQShning terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi. Shuningdek, Afg‘onistondan AQSh harbiylari chiqib ketgach, Amerika tashqi siyosatida O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlashgani aytilmoqda. Bunda mamlakatning Vashingtondagi elchixonasining tizimli faoliyati e’tirof etilgan.

14 oktabr 2021, 11:38

Tashkent City bog‘iga kirish bepul bo‘ldi

Tashkent City bog‘iga kirish 14 oktabrdan bepul bo‘ldi. Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno.

14 oktabr 2021, 11:11

Qashqadaryoda o‘tgan 9 oyda YTHlar oqibatida 181 kishi vafot etgan

Qashqadaryoda 9 oyda sodir bo‘lgan 369 ta YTH oqibatida 181 kishi vafot etgan. Shundan 31 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Hududlar kesimida eng ko‘p YTHlar Qarshi shahri hamda Chiroqchi va Qarshi tumanlarida sodir bo‘lgan.

14 oktabr 2021, 10:20

Samarqandda Nexia haydovchisi rulda uxlab qolib, YTH sodir etdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda katta tezlikda ketayotgan Nexia haydovchisi uxlab qolishi natijasida avtomashina yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Yuzaga kelgan yong‘in oqibatida mashina salonida bo‘lgan 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

14 oktabr 2021, 09:53

Sirdaryoda besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Qashqadaryolik fuqaro Gulistonda besh kunlik chaqalog‘ini 5000 dollar evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

13 oktabr 2021, 21:30

13 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga olib kelingan va mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalar, Google va Microsoft Store operatorining O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida — “Gazeta.uz"ning 13 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida

13 oktabr 2021, 21:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berilgani, Kanadaning 40 ming afg‘on qochqinini qabul qilishi, Fransiyada radioaktiv chiqindilarning Rossiyaga olib chiqilishiga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

13 oktabr 2021, 20:27

Shavkat Mirziyoyev YeOII va MDH sammitlarida nutq so‘zlaydi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14−15 oktabr kunlari YeOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlarida nutq so‘zlaydi.

13 oktabr 2021, 19:37

Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi binosi 35,4 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilinadi

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosi rekonstruksiyasi tenderida Discover Invest kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 35,4 mlrd so‘mga baholanmoqda.

13 oktabr 2021, 18:15

Google va Microsoft Store operatori O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Google LLC va Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyalari O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endi xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda 15 foiz QQSni hisobga olish talab etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting