20 noyabr, chorshanba

Yangiliklar

Uchta vazirlikda mehnatga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda 

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Sinov tariqasida to‘rtta vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimlari tanlov asosida tayinlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Toshkentda katta miqdordagi pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi 

Toshkentda jami 10,5 mln so‘mlik katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Yengil avtomobillarni Davlat chegarasidan o‘tkazish vaqti 15 daqiqadan oshmasligi belgilandi 

Avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolarni Davlat chegarasidan o‘tkazishning chegaralangan muddatlari belgilandi. Endi chegaradan o‘tish vaqti 30 daqiqadan oshmasligi kerak.

Jahon chempionati-2022: O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etdi 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinida Falastin jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Hujumchi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.

Hokim ovozi yozuvi yulib olingan parchalardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi 

Kun.uz Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan suhbatni to‘liqroq qismini e’lon qildi. Birinchi audioyozuvning turli parchalarning birlashtirilgani ekani ma’lum bo‘ldi. Shahar hokimi tahdidlar haqida gapirgan, biroq bunday qilmasligini ta’kidlagan.

Yunusobod tumanida ikkita omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi 

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan ikkita omborxona yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikni kaltaklagan o‘smirlar qo‘lga olindi 

Sankt-Peterburgda ekstremistik maqsadlarda O‘zbekiston fuqarosini kaltaklashda gumon qilinayotgan uch o‘smir qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aktrisa Gavhar Sharipova vafot etdi 

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda aktrisa Gavhar Sharipova vafot etdi.

Yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish tartibi belgilandi 

Hukumat qarori bilan transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlari transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.

61 nafar shaxsni chuv tushirgan «lizingchilarga» nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

61 nafar fuqaroning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan «A.U.G.» MCHJ ta’sischisi va rahbariganisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xitoy kompaniyasi Namanganda 30 million dollarlik tekstil korxonasi quradi 

Xitoyning «HengBang Textile» kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollar bo‘lgan korxona qurmoqchi.

Jizzaxda o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani yuzasida rasmiy bayonot berildi 

Sharof Rashidov tumani XTBga qarashli 21-maktabida o‘quvchilar kaltaklangani yuzasidan IIB hamda prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.