29 may, juma COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

Bugun, 18:43

Zarafshonda karantin maydoni qurilmoqda

Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahrida 650 o‘ringa mo‘ljallangan konteynerlardan iborat karantin maydoni qurilishi boshlandi. Mazkur karantin maydonining qurilishi shaharda epidemiologik vaziyat chigallashgani sababli boshlangan.

Bugun, 18:34

Dam olish kunlari issiq havo biroz pasayadi

Dam olish kunlari issiq ob-havo biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +34…+37, shimol va cho‘l hududlarida +42 atrofida bo‘ladi. Janubda esa nisbatan salqin havo oqimi kirib kelishi sababli 39 darajagacha pasayishi mumkin.

Bugun, 18:08

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Bugun, 16:21

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, federal organlar Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi yirik ijtimoiy mediya kompaniyalarning o‘z foydalanuvchilari postlarini tahrirlash va o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

Bugun, 15:52

Investitsiya vazirligi “O‘zbekneftgaz” taklifiga izoh berdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.

Bugun, 14:07

Navoiyda karantin qoidalari kuchaytiriladi

Navoiyda koronavirus infeksiyasi beshta o‘choq orqali tarqalmoqda. Viloyatda karantin qoidalari kuchaytiriladi.

Bugun, 13:36

Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda alohida huquqni muhofaza qilish organi — Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilishi kutilmoqda. Qo‘mita o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirib, prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor bo‘ladi.

Bugun, 13:18

Navoiylik ona bolasini ikki xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida uch oylik o‘g‘lini 2 xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi.

Bugun, 12:45

Farg‘onalik jurnalistga chiqarilgan 15 kunlik ma’muriy qamoq 2 kun etib o‘zgartirildi

Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan chiqarilgan 15 kunlik qamoq jazosi o‘zgartirilib, 2 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazo tayinlandi. U Farg‘ona viloyat hokimligi binosi oldida niqob taqmaslik va IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblangan edi. Bugun, 29 may kuni jurnalistga javob berilishi kutilmoqda.

Bugun, 12:03

1 iyundan O‘zbekistonda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi

1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o‘rtasida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi. Turizm sohasiga yondosh tashkilotlarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqalar) o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etildi va ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar, preferensiyalar va ko‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatiladi.

Bugun, 10:19

“Nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerak” — Zafar Hoshimov

Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov karantin davrida chakana savdoda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu davrda onlayn buyurtmalar sezilarli oshgan, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosida savdo hajmi 70% dan 100% gacha tushib ketgan. U nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerakligini aytmoqda.

Bugun, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 3463 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga ortib, jami 3463 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (2) va Sirdaryo viloyatida (2) qayd etilgan.

Kecha, 23:37

Kun davomida 75 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 75 ta koronavirus holati qayd etildi. Yangi holatlarning 6 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 21 tasi aholi va qolganlari karantinga olinganlar orasidan aniqlandi.

Kecha, 21:42

«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti» — prezident

«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi.

Kecha, 20:35

AQSHda qo‘lga olinayotgan shaxs vafot etganidan so‘ng namoyishlar boshlanib ketdi

Amerikaning Minneapolis shahrida fuqaro politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etganidan so‘ng norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Hukumat mojaroga barham berish uchun Milliy gvardiyaga murojaat qildi.

Kecha, 18:46

Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” a’zolari faoliyatiga chek qo‘yildi — IIV

Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular avval ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan, biroq ozodlikka chiqqach aholi orasida terroristik g‘oyalarni va adabiyotlarini tarqatish bilan shug‘ullangan.

Kecha, 18:27

Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari 22,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Xonto‘rayev xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashgani, pedagoglarni kamsitgani, mehnatga majburlagani va ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Kecha, 17:36

Koronavirus holatlari 3400 tadan oshdi

O‘zbekistonda yana 41 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 3437 taga yetdi. Yangi holatlarning 10 tasi Sankt-Peterbursh, 3 tasi Novosibirk va 1 tasi Istanbuldan, 17 tasi esa Qozog‘istondan kelganlar orasida kuzatilgan. Jami COVID-19 holatlari 3437 taga yetdi.

Kecha, 17:26

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bobirbek Yuldashev Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar prezident Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi bosh inspektori bo‘lib ishlagan.

Kecha, 16:52

Andijonda koronavirusga chalingan ikki haydovchi sababli 100 ga yaqin kishi karantinga olindi

Andijon viloyatida koronavirusga chalingan ikki haydovchi sababli ular bilan muloqotda bo‘lgan 100 ga yaqin kishi — oila a’zolari, qo‘shnilari, yaqinlari va boshqalar karantinga olindi. Haydovchilar yuk mashinasida Rossiyadan kelgach, qonun-qoidalarga zid ravishda chegara posti avtoturargohidan uyiga chiqib ketishgan.