24 iyul, chorshanba

Yangiliklar

Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi 

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi.

Shavkat Mirziyoyev kredit va yer ajratishni soddalashtirishga topshiriq berdi 

Prezident banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pog‘onaga o‘tkazish hamda loyihalar uchun yer ajratishni soddalashtirishga topshiriq berdi.

Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyati yangicha shaklda baholanadi 

Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyati yangi tizim bo‘yicha baholanadi. Yangi tashkil etilgan kichik korxonalar, yaratilgan ish o‘rinlari soni va korxonalarning «yashovchanligi» — asosiy omillar.

Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi 

2021-yildan joriy etilishi rejalashtirilgan majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim qilindi.

Toshkent yo‘llarida qarzdor haydovchilarni aniqlash boshlandi 

Toshkentda 20 ta «Avtokon» majmuasi yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash boshlandi.

Prezident hokimlarni buzish masalasida qat’iy ogohlantirdi 

«Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman — asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yakkabog‘ hokimi o‘rinbosari ustiga o‘t qo‘yib yuborilishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi 

Yakkabg‘ tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborishga harakat qilgan ikki qavatli bino egasi buzish haqida ogohlantirilmaganini, hokimiyat esa tadbirkorlar og‘zaki ogohlantirilganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.

Dam olish kunlariga qadar havo harorati bir oz tushadi 

Yaqin kunlarda havo harorati bir oz salqinlashadi. Dam olish kunlariga qadar kunduzgi harorat +40 darajacha tushib, so‘ngra juda issiq davr boshlanadi.

Rossiyada chodirli oromgoh yonib ketdi: to‘rt bola vafot etdi 

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi bolalar oromgohida sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt bola vafot etdi.

Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi 

«O‘zbekneftgaz» rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 19,68 mlrd dollarni tashkil etdi 

O‘zbekiston yarim yilda 8,44 mlrd dollarlik mahsulot va xizmatlarni eksport qildi, import hajmi esa 11,24 mlrd dollarni tashkil etdi.

187 million so‘mlik telefonlarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi 

Bojxona xodimlari Farg‘ona tumanida «Damas» mashinasida 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqladi.

reklama