22 may, chorshanba

Yangiliklar

Toshkentda ichida odamlar yashab turgan yog‘och uylarda buzish ishlari boshlandi 

Yer usti metrosi qurilayotgan poytaxtning Sputnik mavzesida ikki qavatli yog‘och uylarni buzish ishlari boshlandi. Ularda hali ham odamlar yashamoqda.

EKIH o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash joriy etiladi 

Sentyabrdan mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilashda ish haqining eng kam miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qo‘llaniladi.

Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmasi rivojlantiriladi 

Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonliklar jarohatlandi 

Sankt-Peterburgdagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlauvda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.

Temurjon Komilov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi 

Temurjon Komilov xalq ta’limi vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi.

«Matbuot tarqatuvchi» filiallari rahbarlari obuna pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda 

«Matbuot tarqatuvchi» kompaniyasining Xorazm filiali rahbari obunadan tushgan 562,3 mln so‘mni talon-taroj qilganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u pullarni qarindoshlariga tegishli kompaniyalar hisob raqamlari o‘tkazgan.

Korxonalarning energoresurslardan cheklanishi inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi — MB 

Ayrim ishlab chiqaruvchilar uchun energoresurslarga cheklovlar kiritilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga inflyatsion bosimning ortishiga olib keladi. Avvalroq g‘isht zavodlari va issiqxona xo‘jaliklari gazdan ko‘mirga o‘tishga qarshi chiqqan edi.

Pochta jo‘natmasidagi 415 gramm marixuana to‘xtatib qolindi 

Bojxona xodimlari deklaratsiyada ko‘rsatilgan «CD 3» va «Books» tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan marixuana moddasi borligini aniqladi.

Prezident yaylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi 

Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga, shuningdek vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin. Prezident yaylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

OTB 24 ta elektrovoz sotib olish uchun 170 mln dollar ajratdi 

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yuk poyezdlari uchun 16 ta, yo‘lovchi poyezdlari uchun 8 dona elektrovoz sotib olishga 170 mln dollar ajratdi.

Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining vitse-prezidenti etib saylandi 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylandi.

Oksana Chusovitina jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi 

Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi bo‘yicha «FIG World Challenge Cup"ning birinchi bosqichida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

reklama