Yangiliklar

20 iyun 2017, 11:16

Savdo-sanoat palatasi isloh qilinadi

SSP tuzilmasida Xalqaro tijoriy arbitraj sud tashkil etiladi. Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi va har yili Iqtisodiy forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

20 iyun 2017, 06:12

Umra ziyorati uchun kvota 10 mingtaga oshirildi

2018 yildan umra ziyorati uchun kvota 10 ming kishiga oshiriladi. Ziyoratchilar uchun imtiyozli aviachiptalar joriy etiladi.

19 iyun 2017, 22:51

Butun mamlakat bo‘ylab ota-onalar o‘rtasida 11 yillik ta’lim to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkaziladi

Toshkentda 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida 11 yillik ta’lim to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Shunday so‘rovnomalar butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladi.

19 iyun 2017, 20:44

O‘zbekiston Prezidenti Portugaliyaga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Portugaliya Prezidentiga ushbu mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlari natijasida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

19 iyun 2017, 20:35

O‘zbekiston kurashchilari o‘smirlar o‘rtasidagi OCHda 15 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston vakillari Xitoy Taybeyda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindorlariga aylanishdi.

19 iyun 2017, 19:23

Qoraqalpog‘iston universitetiga yangi rektor tayinlandi

Axmed Reymov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universitetiga rektor bo‘ldi.

19 iyun 2017, 18:51

Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda nasldor, sport va xizmat otlari ko‘paytirilib, ot sporti rivojlantiriladi.

19 iyun 2017, 15:53

Borovskiy tibbiyot kolleji yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni qabul qilmaydi

O‘rganishlar Borovskiy tibbiyot kolleji faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Yangi o‘quv yilida hujjatlarni qabul qilish to‘xtatildi.

19 iyun 2017, 13:40

IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Adliya vazirining sobiq o‘rinbosari IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

19 iyun 2017, 13:14

Yaponiya viza olish uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi

Yaponiya O‘zbekiston fuqarolari uchun qisqa muddatli viza olish uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi.

19 iyun 2017, 12:44

Kichik halqa yo‘lida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi

Toshkent kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga o‘tish qismi yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan yopildi.

19 iyun 2017, 12:31

Tijorat banklaridagi davlat ulushi yarim milliard dollarga oshiriladi

2017 yilda tijorat banklari ustav kapitalidagi davlat ulushi 500 mln dollarga oshiriladi.

19 iyun 2017, 12:01

O‘zbekiston astronomlari o‘ta yangi yulduz chaqnashini qayd etishdi

Maydanak observatoriyasida o‘ta yangi yulduz chaqnashi qayd etildi.

19 iyun 2017, 11:38

So‘rov: 57 foiz o‘zbekistonliklar jamiyatda korrupsiya bor deb hisoblaydi

«Ijtimoiy fikr» markazi O‘zbekiston fuqarolarining korrupsion hodisalarga munosabatini o‘rgandi.

16 iyun 2017, 18:37

Dam olish kunlari harorat +42 darajaga ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida havo harorati +40 darajadan yuqoriga ko‘tariladi.

16 iyun 2017, 18:25

Prezident poytaxtning Uchtepa tumanida qurilayotgan texnoparkka tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Uchtepa tumanida texnopark loyihasi bilan tanishdi.

16 iyun 2017, 14:39 1

Toshkentdagi maktabda tajriba tariqasida 11 yillik ta’lim qayta tiklanadi

Prezident taklifiga binoan Uchtepa tumanidagi 78-maktabda tajriba tariqasida 11 yillik ta’lim qayta tiklanadi.

16 iyun 2017, 14:29

TIVda Irlandiyaning yangi elchisi qabul qilindi

Edrian Makdeyd Irlandiyaning qarorgohi Moskvada joylashgan O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi.

16 iyun 2017, 12:09

Sirdaryo viloyatiga prokuror tayinlandi

Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori etib tayinlandi.

16 iyun 2017, 11:35

Qandimdagi gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati dekabrda foydalanishga topshiriladi

Qandim gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati dekabr oyida foydalanishga topshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting