Yangiliklar

19 yanvar 2018, 17:26

Yangi va mavjud ko‘p qavatli uylarda bolalar bog‘chalari ishga tushadi

Toshkentda yangi ko‘p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatlari hamda yakka tartibdagi xonadonlarda xususiy bolalar bog‘chalari ochiladi.

19 yanvar 2018, 16:57

So‘rov: Ishga joylashish eng o‘tkir muammolardan biri

«Ijtimoiy fikr» markazi so‘rovida qatnashganlarning 66 foizga yaqini mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashishni O‘zbekistondagi eng o‘tkir muammolardan biri sifatida e’tirof etdi.

19 yanvar 2018, 16:30

Toshkent aeroportidan chiqish 4 barobarga tezlashdi

Toshkent aeroportiga uchib kelgan xalqaro reyslar yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish vaqti ikki soatdan yarim soatga qisqardi.

19 yanvar 2018, 14:42

O‘zbekiston OTMlarida 709 nafar chet ellik talaba tahsil olmoqda

O‘zbekiston OTMlarida 709 nafar chet ellik talaba tahsil olmoqda. 72 ta OTMda 297,6 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

19 yanvar 2018, 11:19

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishish uchun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

19 yanvar 2018, 11:19

Prezident investitsiya loyihalarini shakllantirishdagi tartibsizliklarni tanqid qildi

Prezident investitsiya loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish sohasidagi «ishni tartibsiz tashkil etishlar"ni tanqid qildi.

19 yanvar 2018, 11:03

Prezident Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

19 yanvar 2018, 10:53

Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tayyorlanmoqda

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tashqi va ichki tahdidlarga javob qaytarishning yangicha yondashuvlarni aks ettiradi.

19 yanvar 2018, 10:35

Qozog‘istondagi avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi

FVV Qozog‘istondagi avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 29 kishining ism-sharifi keltirilgan bo‘lib, barchasi Namangan viloyatidan.

19 yanvar 2018, 10:09

Terroristik tashkilotlarga onlayn yollovchi ikki gumondor qo‘lga olindi

Toshkentda Facebook orqali o‘zbekistonliklarni Suriyadagi terroristik tashkilotlarga yollashda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Ular ta’siriga 23 kishi tushib qolgani xabar qilindi.

18 yanvar 2018, 21:07

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda avtobus yonishida halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

18 yanvar 2018, 20:43

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byudjetiga 100 ming dollar ajratadi

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga 100 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.

18 yanvar 2018, 17:30

Qozog‘istondagi favqulodda holat munosabati bilan hukumat komissiyasi tuzildi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat komissiyasi Qozog‘istonda avtobus yonishi sabablari va O‘zbekiston fuqarolari shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanadi.

18 yanvar 2018, 15:03

Qozog‘istonda yongan avtobusda tirik qolgan besh kishining ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari

Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan besh kishining ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir, TIV ular ism-shariflarini e’lon qildi.

18 yanvar 2018, 13:00

FVV: Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus yo‘lovchilari — O‘zbekiston fuqarolari

Qozog‘istonda yonib ketgan avtobusda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 55 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, FVV aloqa liniyasini tashkil etdi.

18 yanvar 2018, 12:54

Islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Islom akademiyasini ro‘yxatga oldi.

18 yanvar 2018, 12:36

Prezident Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib nishonlashga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

18 yanvar 2018, 12:16

Madina va Azizbek — 2017 yilda eng ommabop bolalar ismlari

2017 yilda tug‘ilgan go‘daklarga Madina va Azizbek ismlari eng ko‘p qo‘yildi. Mamlakatda 14382 ta juft, 138 ta uchlik va bir holatda to‘rtlik egizak tug‘ildi. Eng og‘ir chaqaloq vazni — 9,87 kg.

18 yanvar 2018, 11:19

Chet elliklar uchun Toshkent propiskasini olish arzonlashdi

Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 600 mln so‘mga yangi qurilgan turar joylardan xarid qilib Toshkent va Toshkent viloyati propiskasiga ega bo‘lishi mumkin.

17 yanvar 2018, 20:56

IIV YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjalga izoh berdi

IIV yo‘l-patrul xizmati xodimlari va mast holatdagi Nexia avtomobili haydovchisi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videorolikka izoh berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting