29 iyul 2019, 18:25

Shavkat Mirziyoyev 31- iyul — 1- avgust kunlari Belarusga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31- iyul — 1- avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belurusda bo‘ladi.

29 iyul 2019, 18:12

Prezident Samarqandda osma metro qurishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand va eshkak eshish kanalida tashkil etiladigan yangi turistik markaz o‘rtasida yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi.

29 iyul 2019, 16:50

Fuqarolarning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 161 fuqaroning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga nisbatan jazo choralari tayinlandi.

29 iyul 2019, 16:12

Toshkent viloyatida beshta hududda xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirilmoqda

Toshkent viloyatidagi beshta markaz xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun maxsus texnik qurilmalar bilan ta’minlandi.

29 iyul 2019, 15:24

Toshkent hokimligi ta’sis etgan kompaniya gaz hisoblagichlarini ishlab chiqaradi

Toshkent hokimligi ta’sis etgan «Texnopark» kompaniyasi gaz hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida gaz hisoblagichlarini ishlab chiqaradi.

29 iyul 2019, 14:16

Dam olish kunlari havo harorati bir oz tushadi

Hafta oxirida havo haroratining qisqa muddatga bir oz tushishi kutilmoqda. Dam olish kunlari shimolda +35, qolgan hududlarda +39 darajagacha issiq bo‘ladi.

29 iyul 2019, 13:50

Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi rahbari bo‘lib ishlagan Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

28 iyul 2019, 23:49

Baxriddin Isamov sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda — Bosh prokuratura

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.

27 iyul 2019, 20:47

Mansur Tuymayevga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Yakkabog‘ hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi

Yakkabog‘da do‘konini buzmoqchi bo‘lgani uchun tadbirkor tomonidan o‘t qo‘yilgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tuman hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi.

27 iyul 2019, 20:23

Abdulla Aripov Urganchga tashrif buyurdi

Bosh vazir Abdulla Aripov «Ashxobod» mahallasidagi uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni o‘rganish uchun Urganchga yetib bordi.

27 iyul 2019, 17:45

Adliya vaziri: Odamlarni uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib kompensatsiya to‘lanmaslik — vaxshiylik

Adliya vaziri barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlariga chek qo‘yishlarini talab qildi.

27 iyul 2019, 17:35

Uyi buzilgan odamlar Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi

200 ga yaqin kishi kechasi buzilgan uylari uchun tovon puli to‘lanmaganidan norozi bo‘lib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xorazm viloyati hokimi 10 avgustga qadar 100 foiz pullarini to‘lashga va’da berdi.

26 iyul 2019, 19:31

Prezident Samarqandni turistik xabga aylantirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandni turistik xabga aylantirish va tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

26 iyul 2019, 19:20

Yakkabog‘da bolalar buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi

Yakkabog‘da bola va qizaloq buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi. Ulardan biri IIO xodimlari kuch bilan tashqariga chiqarayotganda «Dada, dada!» deb baqirdi.

26 iyul 2019, 17:00

Samarqandda zamonaviy dam olish maskani quriladi

Samarqanddagi eshkak eshish kanali bo‘yicha suzish joylari, sun’iy orolchalar, mehmonxonalar va anjumanlar markazini o‘z ichiga olgan turistik markaz quriladi.

26 iyul 2019, 16:49

Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy ta’limga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan harbiy ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda o‘n besh mamlakatdan harbiy attashelar ishtirok etdi.

26 iyul 2019, 14:38

AQSH besh nafar qotilga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshiradi

AQSH federal hukumati qariyb 20 yillik tanaffusdan so‘ng besh nafar qotilga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshiradi.

26 iyul 2019, 13:28

Baxtiyor Saidov O‘zbekistonning Filippindagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi elchisi Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida Filippindagi elchi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimiga tayinlandi.

26 iyul 2019, 13:02

Prezident Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

26 iyul 2019, 12:53

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Santosh Ja Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting