Yangiliklar

23 iyul 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 iyul 2021, 21:01

4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.

23 iyul 2021, 20:21

MOQ O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga izoh berdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.

23 iyul 2021, 20:14

23 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berilishi, Strategik rivojlanish agentligining tashkil etilishi, Sodiq Safoyevga rektorlik vazifasi yuklatilishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

23 iyul 2021, 19:30

Andijonlik fuqaro go‘shtini iste’mol qilish uchun itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi

Andijonlik fuqaro yarim yil davomida go‘shtini iste’mol qilish uchun o‘z uyida itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi. Unga nisbatan it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzish hamda jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi moddalar asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.

23 iyul 2021, 19:05

Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyati ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.

23 iyul 2021, 18:47

Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov

Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.

23 iyul 2021, 17:51

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

Koronavirusdan davolanayotgan va karantinga olingan shaxslar O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishlarini ta’minlash uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyurish rejalashtirilgan. Bunda muddatidan avval ovoz berish davridagi epidemiologik vaziyat inobatga olinadi.

23 iyul 2021, 16:06

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 16,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 615,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

23 iyul 2021, 15:34

Urgutda fuqarolarni haqoratlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

Urgut tumanida fuqaro Telegram`dagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, boshqa fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan taxqirlagan. Ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

23 iyul 2021, 15:25

Sodiq Safoyevga Diplomatiya universiteti rektori vazifasi yuklatildi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

23 iyul 2021, 15:03

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.

23 iyul 2021, 15:01

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochqinlarni qabul qilishga tayyor

Iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1574 nafar qochqinlarni qabul qildi. Keyinchalik ular charter reyslari bilan Kobul va Mozori-Sharifga qaytarilgan. Mamlakat chegaradosh hududlardan 100 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.

23 iyul 2021, 14:44

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari manzillari (ro‘yxat)

Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.

23 iyul 2021, 14:27

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»

«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

23 iyul 2021, 14:21

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

23 iyul 2021, 11:36

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.

23 iyul 2021, 11:34

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

23 iyul 2021, 10:52

Dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘ladi

Ushbu haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida havo harorati juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kun davomida havo +44 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol va changli bo‘ronlarning kuchayishi kutilmoqda.

23 iyul 2021, 10:42

Navbatdagi antirekord: kecha 738 kishida koronavirus aniqlandi

22 iyul kuni O‘zbekistonda yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich — 738 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting