28 fevral, juma

Yangiliklar

Andijonda jamoat transporida elektron to‘lov joriy etildi 

Andijonda 14 yo‘nalishdagi 150 ta avtobusda yo‘l haqi elektron to‘lov orqali qabul qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ilk bor elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi 

Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kirishganidan buyon ilk bor YeI va sakkiz davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekistonda epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila qayd etildi 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra poytaxtda yer osti silkinishi kuchi 3,5−4 balni tashkil etdi.

Davlat arxitektura qo‘mitasi qayta tashkil etiladi. Uning faoliyati qoniqarsiz deb topildi 

Prezidentning Davlat arxitektura qo‘mitasi faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi farmonida shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar qayd etilgan.

BMTTDning yangi loyihasi qishloq uylarining energiya samaradorligi bilan shug‘ullanadi 

BMTTD va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi energiya jihatdan samarali qishloq uylarini loyihalash va qurishni boshlaydi.

Baliqchilik sohasi isloh qilinadi 

O‘zbekistonda «O‘zbekbaliqsanoat» Assotsiatsiyasi tashkil etiladi, uning qoshida Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

8-may dam olish kuni bo‘ladi 

Prezident dam olish kunini 6-maydan 8-mayga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Yilning birinchi choragida sudlar tomonidan 15,7 mingdan ziyod jinoiy ish ko‘rib chiqildi 

2017 yilning birinchi uch oyida ko‘rib chiqilgan 15,7 ming jinoiy ishdan 50 tasi bo‘yicha oqlov hukmi o‘qildi.

Yesemurat Kanyazov adliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi 

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

IIV xodimlari ustidan shikoyat qilish uchun ishonch telefoni raqami — 1102 

Ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi murojaatlar 1102 raqami orqali qabul qilinadi.

IIV rahbari: «Har qanday tajovuzga qarshi kurash uchun yetarlicha kuchga egamiz» 

Ichki qo‘shinlarni Ichki ishlar vazirligi qo‘mondonligi ostiga o‘tkazish ishlari yakuniga yetdi, deya ma’lum qildi IIV rahbari.

Foto: Toshkentda favvoralar kuni nishonlandi 

Toshkentda favvoralar kuni qanday nishonlandi — «Gazeta.uz» fotoreportaji.