9 dekabr, dushanba

Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga qimmatlashadi 

Seshanbadan dollarning rasmiy kursi birvarakayiga 47,52 so‘mga qimmatlaydi. So‘nggi haftada o‘sish taxminan 15 so‘mni tashkil etgan edi.

Hafta o‘rtasidan havo harorati isishni boshlaydi 

Haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekistonda harorat sezilarli darajada isiydi.

Qattiq qazilma konlarini o‘zlashtirishga investitsiyalar hajmi oshiriladi 

O‘zbekistonda 70 foizdan ortiq qattiq qazilma konlari qayta ishlashga jalb qilinmagan.

Tallimarjon IESda ikkinchi BGU blokini ishga tushirish ishlari yakunlandi 

Tallimarjon IESda ikkinchi bug‘-gaz uskunasini ishga tushirish ishlari yakunlandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraviy hamkorlikni muhokama qildi 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari o‘rinbosarlari Farg‘onada uchrashuv o‘tkazdi.

Insofsiz dorixonalar va ularning xodimlari reyestrga kiritiladi 

O‘zbekistonda narx tartiblarini buzgani uchun litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar manzillari va ularning xodimlari reyestri shakllantiriladi.

Dori vositalarini chakana sotishni litsenziyalash hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi 

Dori vositalarini sotishni litsenziyalashdagi o‘zgarishlar narxlarning ko‘tarilishiga qarshi kurashga qaratilgan.

Toshkentda muqaddam yopilgan yana bir ko‘cha ochildi 

Muqaddam yopilgan ko‘chalar ochilishda davom etmoqda. Navbatdagi uchastka — “Darxon” kafesi qarshisida.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi 

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbariga Jambul viloyatida qor ko‘chkilari oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Mirziyoyev va Tramp diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini tabrikladi 

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik almashdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi 

Shavkat Mirziyoyev Sexvan-Sharifdagi terakt munosabati bilan Pokiston rahbariyati va xalqiga ta’ziya izhor etdi.

IIV tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi 

Farg‘ona viloyat, Termiz shahar hamda Farg‘ona va Surxondaryo viloyatining qator tumanlarida IIB boshliqlari tayinlandi.