Yangiliklar

26 dekabr 2018, 13:15

Toshkentda qurilayotgan muz saroyi omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda qurilayotgan «Humo arena» muz saroyi yaqinidagi omborda payvandlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yong‘inga sabab bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.

26 dekabr 2018, 12:55

«Toshkent-Urganch» poyezdi yo‘nalishi Xivagacha uzaytirildi

«Toshkent-Urganch» tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi Xivaga qadar uzaytirildi.

26 dekabr 2018, 12:31

Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi

Prezident qaroriga ko‘ra hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.

26 dekabr 2018, 12:11

Toshkent shahrining uch tumaniga hokim tayinlandi

Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanida hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan rahbarlar to‘laqonli hokimga aylandi.

26 dekabr 2018, 11:53

Namanganlik talaba tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi

Namangan qurilish instituti talabasi Sh. T. uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gazdan zaharlanib vafot etdi.

26 dekabr 2018, 11:36

«Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari shakllantiriladi

Prezident qarori bilan har bir mahallada «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari shakllantiriladi va jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.

26 dekabr 2018, 11:16

Andijon tibbiyot instituti va Germaniya oliygohlari o‘zaro hamkorlik qiladi

Andijon tibbiyot instituti rektorining Germaniyaga qilgan safari chog‘ida ikki oliygoh bilan hamkorlik kelishuviga erishildi.

26 dekabr 2018, 11:02

Profilaktika inspektorlarining yordamchisi lavozimi joriy etildi

Prezident qaroriga binoan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimi joriy etildi.

26 dekabr 2018, 10:24

Bojxona hujjatlarida ko‘rsatilmagan 167 million so‘mlik tovarlarni fosh etildi

«Sirg‘ali» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha 167,3 million so‘mlik kir yuvish mashinasi, changyutgichlar ortilganligi aniqlandi.

26 dekabr 2018, 10:12

«O‘zagrolizing» AJ boshqaruvining yangi raisi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Akmal Arslonovich Xolmurodov «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.

26 dekabr 2018, 09:49

Qoraqalpog‘istonda «Rally Muynak» musobaqasi o‘tkaziladi

Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligidan o‘tadigan «Rally Muynak» musobaqasi ralli marshrutining dastlabki masofasi 363 kilometrni tashkil etadi.

26 dekabr 2018, 09:37

2019 yilda maktablarni qurish va ta’mirlash uchun 975 milliard so‘m yo‘naltiriladi

Prezident qarori bilan 2019 yilda umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dastur uchun 975 milliard so‘mlik mablag‘ ajratildi.

25 dekabr 2018, 23:08

Pensiya uchun ish staji va oyliklarni hisoblash tartiblari o‘zgardi

2019-yil 1-yanvardan pensiya uchun ish staji va oyliklarni hisoblash tartiblari o‘zgaradi.

25 dekabr 2018, 22:40

UMS hukumat mobil aloqa operatori bo‘ladi

Hukumat mobil aloqasini joriy etish vazifalari UMS zimmasiga yuklatildi. Ma’lumotlarni kriptografik himoyalovchi UzChat messenjeri uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri bo‘ladi.

25 dekabr 2018, 21:17

Prezident DXXning yangi binosi bilan tanishdi

Prezident DXXning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi va xizmatning moddiy-texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.

25 dekabr 2018, 19:42

Yangi Soliq kodeksini 1-iyulgacha qabul qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Soliq kodeksining yangi tahririni 1-iyulga qadar qabul qilish rejalashtirilmoqda.

25 dekabr 2018, 16:24

Pirotexnika sotayotgan termizlik shaxs fosh etildi

3 million so‘mlik jami 6130 dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan surxondaryolik shaxs tomonidan qo‘lga olindi.

25 dekabr 2018, 16:15

Ikki yil muddatga QQS to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Yalpi tushumi 3 mld so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan QQS to‘lovchilari hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.

25 dekabr 2018, 15:04

2019 yildan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi

Prezident tomonidan imzolangan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunga binoan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

25 dekabr 2018, 14:12

FVV Bildirsoyda snoubordchilar o‘limi sababini ma’lum qildi

Bildirsoyda uch snoubordchining o‘limiga ularning ta’qiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgani sabab bo‘ldi, deya xabar qildi FVV.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting