Yangiliklar

30 dekabr 2019, 19:09

2019-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?

Yangi harbiy institut, zamonaviy poligon va xalqaro yutuqlar — 2019-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?

30 dekabr 2019, 16:49

«O‘rikzor» bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari «O‘zbekkino»ga topshirildi (foto)

«O‘rikzor» bozori sobiq rahbari Dmitriy Limga tegishli 77 dona antikvar avtomobil va mototsikl «O‘zbekkino» agentligiga topshirildi.

30 dekabr 2019, 16:33

Yangi yilning ilk kunlari quyoshli bo‘ladi

O‘zbekiston aholisi Yangi yilning birinchi kunini mintaqaga xos bo‘lgan yog‘ingarchiliklarsiz, quyoshli ob-havo bilan qarshi oladi. 3 yanvarda ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

30 dekabr 2019, 15:55

Bosh prokuratura Shuhrat G‘aniyevni intizomiy javobgarlikka tortish uchun Hukumatga xat kiritdi

Bosh prokuratura Quvadagi norozilik aksiyasini yoritgan blogerning janozasini o‘qish kerakligi aytilgan audioyozuvdagi ovoz Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekanini aniqladi.

30 dekabr 2019, 12:54

BAA rezidentlari uchun vizasiz rejim joriy etiladi

Yanvardan BAA rezidenti maqomini olgan chet el fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

30 dekabr 2019, 12:43

Ichki ishlar vaziriga yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasining kamayishi uchun shaxsan javob berishini ma’lum qildi.

29 dekabr 2019, 11:57

Prezident ajrimlar soni ortayotganiga beparvo rahbarlarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar soni ortayotgani tinchlik bermayotganini ta’kidlab, bunga beparvolik qilayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlarini tanqid qildi.

29 dekabr 2019, 09:00

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi va unga Samarqanddagi 8- notarial idora notariusi Dilshod Ashurov rais etib saylandi.

29 dekabr 2019, 01:23

Nafosat Ollashukurova ozod qilindi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Nafosat Ollashukurova ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilganini ma’lum qildi. AOKA ushbu xabarni tasdiqladi.

28 dekabr 2019, 20:57

UzAuto Motors kompaniyasi Onix avtomobilini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi Сhevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

28 dekabr 2019, 20:43

Kamerunliklarga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi

340 ming dollar miqdoridagi firibgarlik va soxta pullarni sotganlikda gumonlanayotgan besh nafar Kamerun fuqarosiga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi.

28 dekabr 2019, 20:17

Sog‘liqni saqlash vazirligi: 2020-yil tizimda korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘ladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilni tizimda korrupsiyaga qarshi kurash yili, deya e’lon qildi. So‘nggi ikki yilda tizimda 500 nafardan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ularning 114 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan.

28 dekabr 2019, 17:07

«Navoiyazot» negizida yangi majmua ishga tushirildi

Prezident Navoiyda polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasining ishga tushirilishida ishtirok etdi. Majmua mahalliy korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlab, har yili 40 mln dollarni mahsulotlarni eksport qiladi.

28 dekabr 2019, 10:37

Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi sanoat majmuasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.

28 dekabr 2019, 10:29

Boyitilmagan un va tuz importi taqiqlanadi

2020-yil aprelidan boshlab boyitilmagan birinchi navli un va tuz importi taqiqlanadi.

28 dekabr 2019, 09:39

Yangi yilda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q

Ortda qolayotgan yilning so‘nggi kunlarida havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi, biroq bayramda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q.

28 dekabr 2019, 00:58

«Men muxolifatga qarshi emasman, lekin u shu yerda shakllanishi kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat haqida so‘zlar ekan, u mamlakat ichida shakllanishi va xalqning barcha muammolarini bilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

27 dekabr 2019, 17:36

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Olmaota yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.

27 dekabr 2019, 16:19

Shavkat Mirziyoyev: 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi

“2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, — dedi prezident. U Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish hamda “Yoshlar media xoldingi"ni tuzishni taklif qildi.

27 dekabr 2019, 16:09

Qozog‘istonda milliy motam e’lon qilindi

28-dekabr kuni Qozog‘istonda umumxalq motam e’lon qilindi. Olmaota yaqinida samolyot qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting