Yangiliklar

11 sentabr 2020, 12:08

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit»ni shakllantirishimiz lozim — Senat raisi

Senat «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunni ma’qulladi. Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbayeva mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berdi.

11 sentabr 2020, 11:51

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada SHHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi.

11 sentabr 2020, 11:41

San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat komissiyasi yaponiyalik arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasini tasdiqladi. Muzeyga ajratilgan qo‘shimcha hududda yangi ko‘rgazma galereyasi quriladi. Mavjud binoning tomida esa yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy — yashil terrasa barpo etiladi.

11 sentabr 2020, 11:17

Bolalar bog‘chalari 14 sentyabrdan ochiladi

Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.

11 sentabr 2020, 10:13

10 ta hududda 248 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonning 10 ta hududida 248 kishida koronavirus tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46 mingtaga yaqinlashdi. Eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahri (147 ta), Samarqand viloyati (47 ta), Andijon (14 ta) va Namangan (12 ta) viloyatlarida qayd etildi.

10 sentabr 2020, 23:58

Kun davomida 749 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kundirki koronavirus holatlari sonida ortish kuzatilmoqda. 10 sentyabr kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari 749 tani tashkil etdi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 45679 nafarga yetdi.

10 sentabr 2020, 23:27

Eri tomonidan tahqirlangan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi ikki xonali uy ajratadi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, «pampers» yedirilgan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratiladi. Shuningdek, ayol salomatligini tiklab olganidan so‘ng ishga joylashtiriladi.

10 sentabr 2020, 22:57

O‘zbekistonda to‘rt mavsumda foydalanish mumkin bo‘lgan transformer paxta terim mashinasi ishlab chiqarilmoqda

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida AQSHning CNHI kompaniyasi bilan birgalikda TZST CE-220 paxta terish mashinasi — transformer ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mashinadan chigit qadashdan tortib, hosilni yiqqunga qadar dala ishlarida foydalanish mumkin.

10 sentabr 2020, 21:11

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva 250 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-toroj qilish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash ayblari bilan qamoqqa olindi. U Chirchiqdagi go‘zallik salonida qo‘lga olindi. Avgustda u shifoxona uchun uskunalar hamda tibbiy xodimlar uchun mukofot pullari berilmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

10 sentabr 2020, 18:28

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi

«Jinoyat qilgan odamning dinga bo‘lgan munosabati har qanday holatda ham oldingi sahnaga olib chiqilmaslik kerak» — Musulmonlar idorasi Qur’oni karim ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqdagi xabarlarda tilga olingan «imom-xatib», «mulla» so‘zlari «shaxs», deb qayta tahrir qilindi.

10 sentabr 2020, 18:12

7 ta tuman va 1 ta shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 7 ta tuman va 1 ta shahar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.

10 sentabr 2020, 17:49

AQSH Davlat departamenti — O‘zbekistonning sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida

AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

10 sentabr 2020, 16:53

KIAning eng yangi modellari O‘zbekistondagi zavodda ishlab chiqariladi

Noyabrda Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.

10 sentabr 2020, 16:20

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.

10 sentabr 2020, 16:08

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi choralarni qaytadan kuchaytirmoqda

Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.

10 sentabr 2020, 15:31

Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko uchrashuvida Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

10 sentabr 2020, 15:20

Asosiy stavka 14% etib belgilandi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. Oxirgi marta MB asosiy stavkani aprel oyida 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.

10 sentabr 2020, 15:01

Ikki erkakni do‘pposlagan namanganlik qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytdi

Namangan viloyatida ikki erkakni do‘pposlagan qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytmoqda. Qizning ma’lum qilishicha, erkaklar uni masxaralab, onasini so‘kkan.

10 sentabr 2020, 13:00

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.

10 sentabr 2020, 12:13

O‘zbekistonda bir qator hokimlarga o‘rinbosarlar tayinlandi

Shirin shahar hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Abdug‘affor Xojimatov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting