2 aprel, payshanba

Yangiliklar

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ushlandi 

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avtotest monopoliyasi bekor qilindi, yuridik shaxslar haydovchilari uchun sertifikatlar qolmoqda 

Hukumat tegishli sertifikatga ega barcha tashkilotlarning haydovchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanishiga ruxsat berdi. Yuridik shaxslar haydovchilari uchun har ikki yilda malaka oshirish talabi saqlab qolindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun istisnolar joriy etildi.

O‘zbek-tojik chegarasidagi qator o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta boshlaydi 

O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari o‘rtasidagi bitta temir yo‘l va sakkizta avtomobil o‘tkazish punktlari, shuningdek chegara posti o‘z faoliyatini qaytadan boshlaydi.

Namanganda 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi 

Namanganda navro‘z bayrami arafasida besh tonnalik sumalak tayyorlanadi. Bu yerda birinchi turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi.

Toshkentda erkak kishi metroni portlatishga tahdid qildi 

Toshkentda metropolitenda portlash uyushtirishga tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi.

Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 

2017 yilda 3500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Janubiy Koreya, Rossiya va Yaponiyaga tashkiliy ravishda ishlashga jo‘natildi.

O‘FA futbol termasining yangi murabbiyi bilan kelishuvga erishdi 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 2018 yilgi jahon chempionati tugaganidan so‘ng ishga kirishadi. Hozircha uning nomi oshkor qilingani yo‘q.

Prezident turistlarni ro‘yxatga olishni soddalashtirishga topshiriq berdi 

Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo‘lmasligi kerak, dedi Prezident. U ro‘yxatga olish tizimini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yana uchta aeroportda «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi 

Qarshi aeroportidan tashqari Andijon, Nukus va Navoiy havo bandargohlarida ham «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi.

Prezident aeroportlarda tartibni saqlashga topshiriq berdi 

Shavkat Mirziyoyev aeroportlarda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar, jumladan sun’iy navbatlar va taksi xizmatlari muammolarini hal etishni topshirdi.

Qirg‘izistonda gaz portlashida jarohatlanganlar O‘zbekistonga qaytdi 

Qirg‘izistonda gaz portlashida jarohatlangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini FVV va SSV vatanga olib keldi.

Foto: Hisorning yovvoyi yirtqichlari — fotoqopqon ob’ektivida 

«Hisor» qo‘riqxonasidagi fotoqopqonlar tabiiy muhitda yashayotgan yovvoyi yirtqich va qushlarni qayd etdi.