7 aprel, seshanba

Yangiliklar

TIV: «Tolibon» Toshkentdagi anjumanda qatnashish haqida murojaat qilmadi 

«Tolibon» harakati Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida ishtirok etish borasida O‘zbekiston bilan aloqa bog‘lamadi, deya xabar qildi TIV.

Innovatsiyalar vazirligi fuqarolardan takliflar olmoqda 

Innovatsion rivojlantirish vazirligi innovatsiyalarni joriy etish tizimini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga kiritish uchun takliflarni qabul qilib olmoqda.

YPX inspektorlariga daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlandi 

Toshkent IIBB boshlig‘i YPX xodimlariga daraxtlar va boshqa ob’ektlar ortiga yashirinishni taqiqladi.

Telekom-operatorlar uchun jarimalar ro‘yxati kengaytirildi 

Iyundan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga belgilangan talab va standartlar buzilgani uchun jarimalarning yangi hajmlari joriy etiladi.

Tojikiston bilan vizasiz rejim kelishuv tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi 

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining vizasiz kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitim har ikki davlat tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.

«Turonbank» «Oriyonbank» banki bilan o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi 

«Turonbank» va «Oriyonbank» O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan memorandumni imzoladi.

Janubiy Koreya Surxondaryoni xavf yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatidan o‘chirdi 

Surxondaryo viloyati Janubiy Koreya fuqarolari tashrif buyurishi uchun xavfli yo‘nalishlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Afg‘oniston fuqarosi 20 kg dan ziyodroq opiyni sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi 

Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston fuqarosi 20 kg dan ortiq opiyni sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Taekvondo: O‘zbekiston Niderlandiyadagi musobaqada sakkiz medalni qo‘lga kiritdi 

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Dutch Open chempionati g‘olib va sovrindorlari safidan joy oldi.

«Bizga himoyachi sifatida qarashlari kerak» — IIBB rahbariyati 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev aholining ichki ishlar organlariga ishonchini oshirishni maqsad qilgan. «Odamlar bizga himoyachilar sifatida qarashlari kerak», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini ochib beradi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini ochib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari amaliy uchrashuvida ishtirok etadi.

«Abu Saxiy» qayta tashkil etilganidan so‘ng byudjetga tushumlar hajmi oshdi 

Sobiq «Abu Saxiy» bozori qayta tashkil etilganidan keyingi uch oy davomida narxlar arzonlashib, byudjetga tushumlar hajmi ortdi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.