Yangiliklar

22 yanvar 2019, 20:58

Samolyotni qo‘lga olishga uringan Surgut-Moskva reysi yo‘lovchisi ushlandi

Quroli borligi bilan qo‘rqitib, samolyotni qo‘lga olishga harakat qilgan Surgut-Moskva reysining mast yo‘lovchisi ushlandi.

22 yanvar 2019, 18:23

ADUda «Erasmus+» dasturi bilan hamkorlikda yangi zamonaviy laboratoriya ochildi

Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturining qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.

22 yanvar 2019, 17:16

Qo‘qonlik firibgar o‘zini Xalq qabulxonasi xodimi deb tanishtirib, tanishini chuv tushirdi

Qo‘qon shahrida xalq qabulxonasida ishlashini aytgan fuqaro arzon imtiyozli uylardan olib beraman deb, o‘z tanishini chuv tushirdi.

22 yanvar 2019, 17:15

Kiberfiribgarlar Uzcard brendidan foydalanayotgani xabar qilindi

Uzcard brendidan kiberfiribgarlik maqsadida foydalanildi — rasmiy sayt interfeysi ko‘chirib olinib, bonuslar olish uchun karta raqamini kiritish taklif qilindi.

22 yanvar 2019, 16:38

Shavkat Mirziyoyev Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi.

22 yanvar 2019, 16:25

AQSHda O‘zbekiston to‘qimachiligiga nisbatan boykotni bekor qilish ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi AQSHda to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan boykotni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.

22 yanvar 2019, 15:34

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari tasdiqlandi

Sobir Xolmatov «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining innovatsion rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

22 yanvar 2019, 12:24

Marhamatlik fuqaro 1 kilogramm opiy bilan qo‘lga olindi

Bektemir tumanidagi «Sharq» YPX maskanida Marhamat tumanida yashovchi M.M. 920,45 gr opiy giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga olindi.

22 yanvar 2019, 11:34

Kon-metallurgiya tarmog‘iga xalqaro standartlar joriy etiladi

Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirila boshladi.

22 yanvar 2019, 11:26

Roberto Karlos Toshkentga keladi

Futbolchi Roberto Karlos o‘zbekistonlik yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolalar bilan uchrashadi.

22 yanvar 2019, 11:16

XTV: nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolar muhokama etildi

Xususiy maktablar darsliklar va litsenziya olishda hamda kam ta’minlangan oila farzandlariga ta’lim berishda soliqqa tortish masalalari bo‘yicha qiyinchilikka duch kelmoqda.

22 yanvar 2019, 10:49

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi aloqalarni muhokama qildi.

22 yanvar 2019, 10:47

Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahriga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlindan Myunxen shahriga keldi va bu yerda o‘qiyotgan, ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.

21 yanvar 2019, 22:02

Osiyo Kubogi-2019: O‘zbekiston penaltilar seriyasida Avstraliyadan yengildi

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo Kubogi-2019 1/8 finalida penaltilar seriyasida Avstraliyaga mag‘lub bo‘ldi. Milliy terma jamoa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

21 yanvar 2019, 19:27

MTMlarda pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

MTMlar ish kuni tugagandan keyin va dam olish kunlari pulli xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi.

21 yanvar 2019, 19:11

O‘zbekiston va Germaniya 8 mlrd yevrolik loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

21 yanvar 2019, 18:19

Germaniya federal prezidenti bahorda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Frank-Valter Shtaynmayer Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan bahorda O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

21 yanvar 2019, 16:38

Toshkentda tungi klubda sportchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq sud ishi boshlandi

«Aurum 898» tungi klubida sportchi Jamshid Kenjayevning o‘ldirilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Muassasaning besh nafar sobiq qo‘riqchisi sudlanmoqda.

21 yanvar 2019, 15:29

Toshkentda Startup Mix #40 konferensiyasi o‘tkazildi

Toshkentda boshlangan Startup Mix #40 konferensiyasida 18 ta startap uchun Speed Mentoring sessiyasi o‘tkazildi.

21 yanvar 2019, 12:47

XTV va YuNESKO hamkorlikda ta’lim tizimida bullingni oldini olish loyihacini amalga oshiradi

XTV hamda YuNESKO tashkiloti O‘zbekiston maktablarida bullingni oldini olish qo‘shma loyihasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting