Yangiliklar

14 sentabr 2020, 13:03

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatlab, jami 10 295 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham bir oz ko‘tarildi.

14 sentabr 2020, 12:29

DTM test natijalarini e’lon qilishdagi texnik xatolik haqida xabar berdi

Davlat test markazi ba’zi abituriyentlarning test natijalarini e’lon qilishda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Hozirda muammo bartaraf qilingan va natijalar yangilangan, deya aniqlik kiritdi DTM.

14 sentabr 2020, 11:16

Toshkentdagi qaysi maktablar kunduzgi darslarni qayta tiklaydi: ro‘yxat

14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.

14 sentabr 2020, 10:30

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishishdi

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisoblaridan musodara qilingan pul mablag‘larini qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mablag‘lar «xalq hayotini yaxshilashga sarflanishi», jarayon esa shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim.

14 sentabr 2020, 10:07

Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi

2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

13 sentabr 2020, 00:17

12 sentyabr kuni O‘zbekistonda 578 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi

12 sentabr kuni O‘zbekistonda 578 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi. Jami holatlar esa 46 850 taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston aniqlangan holatlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi, dunyoda 57-o‘rinni egallab turibdi.

12 sentabr 2020, 16:47

Rustam Jo‘rayev Qo‘l jangi federatsiyasiga rahbar etib saylandi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

12 sentabr 2020, 13:26

Škoda Kodiaq oktyabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi

Škoda brendi O‘zbekiston bozoriga yetti kishilik Kodiaq krossoveri bilan kirib kelmoqda. Rossiyadagi zavodda ishlab chiqarilgan avtomobilni xaridorlarga oktyabrdan yetkazib berish boshlanadi.

12 sentabr 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: kotlet va garnirlar

Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

11 sentabr 2020, 23:56

Kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46,2 mingdan oshdi.

11 sentabr 2020, 22:57

Yoshlar an’anaviy giyohvand moddalar o‘rniga psixotrop tabletkalarni iste’mol qilishga o‘tmoqda

O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.

11 sentabr 2020, 19:19

Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi erkaklar va amaldorlarga qaraganda tezkor va shiddatliroq — Saida Mirziyoyeva

“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.

11 sentabr 2020, 18:02

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar tiklandi

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

11 sentabr 2020, 17:49

Bir qator hududlarning chegaralari o‘zgartirildi

Toshkent shahri tarkibida Yangihayot, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarorlari tasdiqlandi.

11 sentabr 2020, 17:22

Mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berildi

Bosh prokuratura mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berdi. Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilandi.

11 sentabr 2020, 17:01

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.

11 sentabr 2020, 13:56

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

11 sentabr 2020, 13:35

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27−32 daraja atrofida bo‘ladi.

11 sentabr 2020, 13:07

Navalniyning zaharlanishi. Bu haqda nimalar ma’lum?

20 avgust kuni rossiyalik muxolifatchi, korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan edi. 22 avgust kuni koma holatida bo‘lgan siyosatchi Berlindagi «Sharite» klinikasiga olib kelindi. Keyinchalik esa siyosatchining «Novichok» deb nomlanuvchi modda bilan zaharlangani aniqlandi. Hozirda siyosatchi o‘ziga kelgan. Voqealar rivoji — «Gazeta.uz» nigohida.

11 sentabr 2020, 12:49

Torg‘oq qushlari yana O‘zbekistonga uchib keldi

Sentyabr oyining boshidan beri Qashqadaryodagi Talimarjon suv ombori hududida har kuni 2000 dan ortiq torg‘oq qushlarini kuzatish mumkin. Ular — butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan dunyodagi eng noyob qushlardandir. O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati mavsumiy qushlar qo‘riqxonasini yaratish zarurligini ta’kidlamoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting