Yangiliklar

24 iyul 2017, 09:11

«O‘zbekenergo» va KEPCO o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

«O‘zbekenergo» va Koreya elektroenergetika korporatsiyasi (KEPCO) energetika sohasining barcha sohalari bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

21 iyul 2017, 17:47

Prezident «Angren» EIZga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev «Angren» EIZda konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

21 iyul 2017, 13:59

Andijon viloyatida sement zavodi quriladi

Andijon viloyatida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod 2019 yilda ishga tushadi.

21 iyul 2017, 13:37

Chirchiq markaziga kuzatuv kameralari o‘rnatildi

Chirchiqda Navoiy ko‘chasi va markaziy bozorga foto- va videokameralar o‘rnatildi.

21 iyul 2017, 13:22

Xorazmda Komiljon Otaniyozovning 100-yilligi nishonlandi

Taniqli xonanda va bastakor Komiljon Otaniyozov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi.

21 iyul 2017, 12:40

Prezident soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspert komissiyasini tashkil etdi

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert komissiyasi O‘zbekiston soliq tizimini rivojlangan davlatlar tajribalariga muvofiq tarzda yuritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi.

21 iyul 2017, 11:37

Jizzaxda Sharof Rashidov byusti ochildi

Sharof Rashidov byustini uning qizi Sayyora Rashidova va Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov ochdi.

21 iyul 2017, 11:13

«O‘ztreyd» Mozori Sharifda savdo uyini ochadi

«O‘ztreyd» kompaniyasi Mozori Sharifda o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi.

20 iyul 2017, 19:59

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l tarmog‘i joylashgan hudud obodonlashtiriladi

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab joylashgan 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.

20 iyul 2017, 14:33

Aleksandr Svechnikov paralimpiya JCHda jahon rekordini o‘rnatdi

O‘zbekiston sportchilari Londonda paralimpiya jahon chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi.

20 iyul 2017, 14:12

Futbol: O‘zbekiston yoshlar termasi OCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAlik raqiblarini mag‘lub etib, 2018 yilgi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

20 iyul 2017, 12:54

Toshkentda «Yangi Olmazor» turar-joy majmuasi quriladi

Poytaxtning Olmazor tumanidagi sobiq Toshkent chinni zavodi o‘rnida yangi turar-joy majmuasi quriladi.

20 iyul 2017, 11:53

Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi 9,3 km uzunlikdagi suv quvurini yotqizish ishlari yakunlandi.

20 iyul 2017, 11:33

Analogli televideniye 2018 yil so‘ngiga qadar to‘xtatiladi

Hukumat yer usti analogli teledasturlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvalini tasdiqladi.

19 iyul 2017, 22:30

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulligi ochiladi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulligi ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

19 iyul 2017, 22:09

Prezident «Adolat saroyi» qurilishi to‘g‘risida farmoyish berdi

Toshkentda O‘zbekistonning asosiy sud institutlari joylashadigan «Adolat saroyi» majmuasi quriladi.

19 iyul 2017, 14:12

Abdulaziz Kamilov Federikay Mogerini bilan uchrashdi

Abdulaziz Kamilov va Federika Mogerini o‘zaro aloqalarga oid masalalarni muhokama qildi.

19 iyul 2017, 13:51

Hisoblagichsiz gaz iste’molchilariga ikki barobarlik tarif haqidagi qaror bekor qilindi

1 oktyabridan hisoblagich bo‘lmagan iste’molchilarga gaz yetkazib berganlik uchun ikki barobar oshirilgan tarif joriy etilishi to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.

19 iyul 2017, 12:41

Somonpoyalarga o‘t qo‘yganlik uchun 22 mln so‘mlik jarimalar undirildi

Toshkent viloyatida 167 fermer xo‘jaligida hosildan so‘ng somonpoyalarga o‘t qo‘yish holatlari aniqlandi.

19 iyul 2017, 12:13

DSQ tuzilmasi qayta ko‘rib chiqiladi

DSQga zamonaviy AKTni joriy etishga javobgar rais o‘rinbosari joriy etiladi. Qator boshqarmalar qayta tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting