1 aprel, chorshanba

Yangiliklar

So‘x tumanida sodir bo‘lgan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi 

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori imzolandi.

Prezident energetika sektoridagi muammolarni tezroq hal qilishga topshiriq berdi 

AES qurilishi uchun 8−10 yil kerak, shuning uchun energetika sohasidagi muammolarni tezroq bartaraf etish lozim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Buyuk Britaniyadagi Gulnora Karimovaga tegishli aktivlar musodara qilinadi 

Buyuk Britaniya Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan daromadlarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida ekanini ma’lum qildi.

Ko‘mirni import qilishda bojxona imtiyozi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi 

Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

200 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi 

Shayxontohur tumanida yashovchi B.P. Olmazor tumanida yashovchi N.R.dan aldov yo‘li bilan 200 ming AQSH dollarini olgan.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi 

3 oktyabr kuni tunda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.

«Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi 

«Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 4 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi.

Toshkent hokimiga uch o‘rinbosar tayinlandi 

Toshkent hokimiga ikki nafar birinchi o‘rinbosar hamda bir o‘rinbosar tayinlandi.

Komil Allamjonov prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi 

Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi.

Kasb-hunar kollejlariga ikkinchi ta’lim uchun qabul boshlandi 

Kasb-hunar kollejlariga ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish bo‘yicha xujjatlar qabul qilish boshlandi.

Rahmonbek Usmonov Yunusobod tuman hokimi etib tayinlandi 

«O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov poytaxtning Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.

O‘zbekiston va BAA 1 mlrd dollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tuzadi 

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari 1 mlrd dollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.