Yangiliklar

29 oktabr 2020, 12:26

Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi.

29 oktabr 2020, 12:10

Fransiya va Germaniya yana ommaviy karantin e’lon qildi

Fransiya va Germaniya COVID-19 ga chalingan bemorlar soni ortgani sababli shu oyning o‘zida yana takroran karantin e’lon qildi. Bolalar bog‘chalari va maktablardan tashqari, barcha restoran, bar, kinoteatr va fitness-markazlari yopiladi.

29 oktabr 2020, 12:06

300 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Abxaziyadan qaytarildi

299 kishidan iborat O‘zbekiston fuqarolarining ikkinchi guruhi charter reyslari orqali Abxaziyadan qaytarildi. Abxaziyada qolgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar davom etmoqda.

29 oktabr 2020, 11:36 2

«PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovlarni o‘zi o‘rnatgan» — Markaziy Bank

Markaziy bankning xabar berishicha, PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovni mustaqil ravishda o‘rnatgan va bu biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishilmagan. Yechim sifatida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda Visa, Mastercard, Unionpay xalqaro to‘lov tizimlari, shuningdek, muqobil elektron hamyonlar — WebMoney, QIWI, Yandeks.Dengi xizmatlaridan foydalanish maslahat berildi.

29 oktabr 2020, 09:47

Shoir Omon Matjon vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.

28 oktabr 2020, 21:31

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.

28 oktabr 2020, 20:35

Prezident farmoni: Qurilish sohasida ishchilarni shartnomasiz yollashga ruxsat beriladi

Prezidentning yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid qarori bilan qurilish sohasida ishchilarni shartnoma tuzmasdan yollashga ruxsat etilmoqda. Bundan tashqari, rieltorlarning aylanma soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushiriladi. Ovqatlanish shoxobchalarining plastik kartadan tushgan daromadi esa umumiy daromadga kiritilmaydi.

28 oktabr 2020, 20:06

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya prezidentining Charlie Hebdo’ni sudga bergani, AQSH qochoqlarni qabul qilish kvotalarini 15 mingga tushirgani, koronavirusga qarshi emlanganlar orasida kasallanish holatlarining kuzatilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 oktabr 2020, 19:24

Toshkent viloyatidagi «Nurafshon siti» ni Singapur kompaniyasi quradi

Toshkent viloyati hokimligi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi «Nurafshon siti»ni qurishga kelishib olishdi. Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda va investitsiyalar hajmi texnik-iqtisodiy asoslash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

28 oktabr 2020, 18:01

Narkologik bemorlarni davolashda mehnat terapiyasi qo‘llaniladi

Prezident «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga muvofiq, davolanish muddati 18 oydan oshmaydi hamda davlat maslahat berish-tashxis qo‘yish, davolash, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi.

28 oktabr 2020, 17:10

9 oy ichida eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqandda yetishtirilgan

Yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni tashkil qilib, YAIM tarkibida ushbu sohaning ulushi 25,7 foizga yetdi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqand viloyatida yetishtirilgan.

28 oktabr 2020, 16:53

To‘ylarni 1 oktyabrdan to‘yxonalarda o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi

Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.

28 oktabr 2020, 16:47

O‘zbekistonda «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti asosida eksperiment o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti natijalari asosida eksperiment o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar natijalari O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash, «yashash minimumi» va «iste’mol savatchisi» bo‘yicha hisob-kitobni yakuniga yetkazishda qo‘llaniladi.

28 oktabr 2020, 15:56

Vazirliklarda 121 nafar yoshlar rahbar lavozimida ishlaydi

Vazirlik va davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bo‘yicha statistika e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 849 nafar yoshlar ishlashi va shundan 210 nafari xotin-qizlardan iborat ekani aniqlangan. Eng ko‘p xotin-qizlar Suv xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida ishlaydi.

28 oktabr 2020, 15:44

Mobiuz va Perfectum xususiylashtirishga tayyorlanmoqda, Ucell transformatsiya qilinadi

Mobiuz va Perfectum uyali aloqa operatorlari xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida investitsion sharoitlarini oshiradi va Ucell operatsion samaradorligini oshirishi bilan o‘zgaradi.

28 oktabr 2020, 14:55

Mardikorlar uchun Kunlik mehnat markazlari tashkil etilishi mumkin

Kunlik mehnat markazlarini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Ushbu markazlarda bir martalik ishga yollanuvchilarga mehnat qurollari va maxsus kiyimlar beriladi, ularning manfaati himoya qilinadi va ish topishda ko‘maklashiladi. Ishchi va ish beruvchining onlayn muloqoti uchun «Mening ishim» buyurtmalar birjasini yaratiladi.

28 oktabr 2020, 13:25

Parkent tumanidagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam berilishi kutilmoqda

Parkent tumanida bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi ichimlik suvi rezervuarining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rgan dala hovlilarining bino va inshootlari hamda boshqa kommunal tarmoqlarda qurilish-tiklash ishlari boshlandi.

28 oktabr 2020, 12:38

Poytaxt chorrahalaridagi kameralar 1,1 mlrd so‘m evaziga qayta ishga tushirilishi mumkin

Poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi kutilmoqda.

28 oktabr 2020, 12:35

«O‘zavtosanoat» transformatsiyasi — imtiyoz va prefensiyalar bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan «O‘zavtosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari», Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqalarning imtiyoz va preferensiyalari xatlovdan o‘tkaziladi va bekor qilinadi.

28 oktabr 2020, 12:09

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi

Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting