Yangiliklar

5 noyabr 2020, 13:58

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Fiskal institut tashkil etish rejalashtirilmoqda. Institutda darslar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

5 noyabr 2020, 13:56

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan

O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.

5 noyabr 2020, 13:36

8 oy ichida 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 5,5 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.

5 noyabr 2020, 12:44 1

Farg‘onada «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish boshlandi

Farg‘ona viloyatida «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish boshlandi. Investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi.

5 noyabr 2020, 12:18

Toshkentda yoshlar festivali oyligi boshlanadi: tadbirlar ro‘yxati

Poytaxtda «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar, viktorinalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

5 noyabr 2020, 12:05

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden eng muhim Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Donald Tramp ushbu shtatlardagi ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Jo Bayden g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar kollegiyasining yana 6 ta ovozini olishi kifoya. 4 ta shtatdagi natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

5 noyabr 2020, 11:16

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi

Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

5 noyabr 2020, 11:05

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.

5 noyabr 2020, 09:54

O‘zbekiston 9 oyda 24,2 mln dollarlik sement eksport qildi

O‘zbekiston 9 oy davomida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarib, Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarga 24,2 mln dollarlik mahsulot sotdi.

4 noyabr 2020, 20:32

Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

«O‘zneftmahsulot» boshqaruvi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

4 noyabr 2020, 19:24

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

4 noyabr 2020, 18:30

Italiyada komendantlik soati e’lon qilindi

Koronavirus tarqalishi sababli Italiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy qildi. Muzey va ko‘rgazmalar yopilib, yuqori maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.

4 noyabr 2020, 18:12

Test sinovlari uchun sarflangan mablag‘lar haqida ma’lumot berildi

Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini oshkor qildi. Avvalroq abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushgani xabar qilingan edi.

4 noyabr 2020, 17:28

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisadan jarohat olgan yoki vafot etganlar yo‘q.

4 noyabr 2020, 15:02

G‘ozg‘on shahar rahbarlari tayinlandi

Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar hokimi va sektorlar rahbarlari tayinlandi.

4 noyabr 2020, 14:51

Turkiyaning Izmir provinsiyasida zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi

Turkiyaning Izmir provinsiyasida 6,6 ballik zilziladan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Tabiiy ofatdan vafot etganlar soni 114 nafar, jarohatlanganlar 1035 nafarga yetdi.

4 noyabr 2020, 14:34

«Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun 237 ta uy buzildi

Olmazor tumanida «Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun hududdagi 241 ta xonadon buzilishga tushgan. Ularning 237 tasi buzib bo‘lindi, qolgan 5 ta xonadon egalariga uy-joy ajratish ishlari olib borilmoqda.

4 noyabr 2020, 14:22

Abdurasul Vaxobov vaqtincha Olmazor hokimi o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi — hokimlik

Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vaxabov, 2019 yil sentyabr oyining oxirida jurnalistlar bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi, biroq u ushbu lavozimga v.b. sifatida qayta tiklandi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu lavozimga nomzodlar yo‘qligi va uylarni buzish masalasi bo‘yicha aholidan tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli Vaxobov vaqtincha ish joyiga qaytarildi.

4 noyabr 2020, 13:01

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari uchun kelganlar orasida tiqilinch yuzaga keldi

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tayotgan madaniyat saroyida fuqarolar sonining ortib ketishi katta tiqilinchga olib keldi. Yarmarka boshqa hududga ko‘chirildi.

4 noyabr 2020, 12:56

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adxam Bekmurodov prezident maslahatchisi o‘rinbosari — prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting