Yangiliklar

17 noyabr 2020, 12:28

Surxondaryoda sport maktabi tarbiyalanuvchilari uyushtirgan «samosud» bo‘yicha izoh berildi

Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari „samosud“ uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi» nomi ostida tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi. «Samosud» uyushtirganlarga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

17 noyabr 2020, 12:18

Qozog‘istonda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun zavod quriladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasining ishlab chiqarilishi Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun mamlakatda zavod ochiladi.

17 noyabr 2020, 12:02

Qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti etib o‘zgartiriladi

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi — oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. OTMni oxirgi 3 yilda tamomlab, qishloq joyga ishlashga borganlarga 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Ular uy-joy bilan ham ta’minlanadi.

17 noyabr 2020, 11:48

2020−2025 yillarda sog‘lom ovqatlanish dasturi indikatorlari belgilandi

2025 yilga kelib aholining umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish hamda semizligi bo‘lgan aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Ushbu rejalar sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish dasturida belgilanadi.

17 noyabr 2020, 11:28

COVID-19 ni davolash uchun qayta jihozlangan Virusologiya klinikasi odatdagi ish rejimiga qaytdi

15 martdan beri koronavirus bemorlarini davolash uchun qayta profilga kiritilgan Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi odatdagi ish rejimiga qaytib, boshqa yuqumli kasalliklarga chalinganlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Hozirda faqatgina «O‘zekspomarkaz»dagi saralash va taqsimlash markazi hamda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

17 noyabr 2020, 10:56

Moderna vaksinasinining 94,5% samaradorligi ma’lum qilindi

AQSHning Moderna kompaniyasi COVID-19ga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Vaksina sinovlarida 30 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Vaksinaning 30 kun davomida uy sovutgichida barqaror tura olishi uning afzalligi sifatida qayd etilmoqda.

17 noyabr 2020, 10:56

O‘zbekistonlik erkak bir yil davomida Qozog‘istonda qul qilib ishlatildi

Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida o‘tkazdi. Hujjatlari olib qo‘yilgan va unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.

17 noyabr 2020, 10:50

Aholi ko‘proq valyuta sotib ola boshladi

Yanvardan oktyabrgacha aholi banklarga 3,7 mlrd dollar sotdi va 3,3 mlrd dollar sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir.

17 noyabr 2020, 10:45

Geologiya sohasida 50 foiz vaqt investitsiya bilan shug‘ullanishga sarflanishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida 50 foiz vaqt investitsiya bilan shug‘ullanishga sarflanishi kerakligini ta’kidlandi. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yondashuvni ham o‘zgartirish lozimligi aytildi. Istiqbolli maydonlarni shakllantirish, ularni xorijiy investorlarga taqdim etish, geologik qidiruvlar o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

17 noyabr 2020, 09:43

Soxta xabarlar qanday paydo bo‘ladi?

Tanqidiy fikrlab, har bir axborotning ishonchliligini tekshirish hamisha muhim sanaladi. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning fikricha, bu jihatni maktablarda Science fanining joriy qilinishi atrofidagi bahs-munozaralarda ham inobatga olish lozim.

16 noyabr 2020, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Lukashenko vakolatlaridan 70−80 foizining parlament va hukumatga o‘tayotgani, Buyuk Britaniyada benzinda yuradigan avtomobillarning taqiqlanishi, Misr parlament saylovlarida hukmron partiyaning yutishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

16 noyabr 2020, 19:21

Sirdaryoda haydovchining telefonini olib qo‘ygani uchun YPX xodimi ishdan bo‘shatildi

Sirdaryoda o‘zini tasvirga olishga qarshilik ko‘rsatgan va haydovchining telefonini olib qo‘ygan YPX xodimi uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan edi. Natijada Sirdaryoda YPX inspektori lavozimidan ozod etildi.

16 noyabr 2020, 18:00

Global Finance yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharni e’lon qildi

Global Finance nashriga ko‘ra, yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharlar orasida Tokio birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda London, Singapur, Nyu-York va Melburn kabi shaharlar turibdi. Nashr ushbu shaharlarni 2020 yil sharoitidagi sakkizta asosiy mezon bo‘yicha tanlagan.

16 noyabr 2020, 17:52

«O‘zavtosanoat», Uzbekistan Airways kabi kompaniyalar xaridlari ochiqlanishi mumkin — qonun loyihasi

«Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasiga muvofiq, «O‘zavtosanoat», «Olmaliq KMK», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan Airways kabi 24 ta yirik korxona va ularning «nabira» korxonalari xaridlari ochiqlanishi belgilanmoqda. Ular 2019 yilda qariyb 47,6 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishgan.

16 noyabr 2020, 17:20

Orolbo‘yida 12 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

2020−2022 yillarda Orolbo‘yida umumiy qiymati 12 trln 300 mlrd so‘m bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shundan 523 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va qariyb 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

16 noyabr 2020, 16:33

20 noyabrdan 30 noyabrga qadar kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

20 noyabrdan 30 noyabrgacha kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 195 mingdan ortiq abituriyent uchun test sinovlari, 50 ming nafar abituriyent uchun esa yozma imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

16 noyabr 2020, 15:24

Ixtisoslashtirilgan maktablar negizida inklyuziv ta’lim rivojlantiriladi

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat o‘z ichiga aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish kabi masalalarni oldi.

16 noyabr 2020, 15:08

Yangihayot tumaniga hokim tayinlandi

Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hayot Inog‘omov Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi. Shuningdek, Yangihayot tumani prokurori lavozimini Azamat Azimov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavomini esa Murat Raimov egalladi.

16 noyabr 2020, 14:50

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi

Prezident suv xo‘jaligini vaziri Shavkat Xamrayevni Qashqadaryodagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari holati uchun tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev unga viloyat suv xo‘jaligi rahbarlarini ishdan olish va ishlaydigan odamlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbaridan tanbeh eshitdi.

16 noyabr 2020, 14:48

Forbes eng ko‘p daromad topayotgan marhum yulduzlar reytingini e’lon qildi

Forbes vafot etgan yulduzlar orasida eng ko‘p daromad topayotganlar reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilga nisbatan reytingga ikkita yangi ishtirokchi qo‘shildi. 2020 yilda 48 mln dollar daromad topgan marhum yulduz Maykl Jekson ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting