Yangiliklar

18 noyabr 2020, 11:59 1

Elektron kundalik uchun pullik obuna 30 noyabrdan boshlanadi

30 noyabrdan elektron kundalik uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin. Obuna narxi qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxi kabi — 9 200 so‘m etib belgilandi. U orqali ota-onalar bir yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qituvchilar elektron jurnaldan bepul foydalana oladi.

18 noyabr 2020, 10:58

Turkiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda

Turkiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda. Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalar ish vaqtiga cheklovlar qo‘yildi. Bar va restoranlar faqat olib ketish xizmati orqali ishlaydi. Kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi, maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tadi. Dam olish kunlari ko‘chaga soat 20:00 dan 10:00 gacha chiqish taqiqlanadi.

18 noyabr 2020, 10:23

Uzauto Motors 2020 yilda 582,6 mlrd so‘m yig‘imni byudjetga to‘lamagan — Hisob palatasi

Uzauto Motors kompaniyasi 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yig‘im avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yig‘im xaridorlar hisobidan undiriladi.

18 noyabr 2020, 09:48

Andijonda 65 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida voyaga yetmagan qiz (nogiron, 2004 yilda tug‘ilgan) 65 yoshli qo‘shnisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2018 yildan beri qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

18 noyabr 2020, 09:18

O‘zbekistondagi 26 ta ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgan

«O‘zyo‘linspeksiya» O‘zbekistondagi 26 ta ayanchli holatga kelib qolgani, ularni saqlashga mas’ul bo‘lgan korxonalar ham zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmaganini ma’lum qildi. Ayrim ko‘priklarga yaqin o‘zanlarda karerlar faoliyati hanuz tugatilmagan.

17 noyabr 2020, 23:00

Sud hujjatlarini ijro etish tizimi takomillashtiriladi

Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolati sudlardan davlat ijrochisiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, SSP va Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning qarzlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risida murojaat qilish huquqi berilmoqda.

17 noyabr 2020, 22:45

Prezident COVID-19 shifoxonalarini optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Davlat rahbari bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, prezident matbuot xizmati COVID-19 shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotganini qayd etdi. SSV esa 17 noyabr holatiga mamlakatda 2123 nafar koronavirus bemori borligini ma’lum qilgan.

17 noyabr 2020, 22:20

SSV koronavirus bo‘yicha rasmiy statistikadagi farqlarga izoh berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalardagi bemorlar soni va davolanayotgan koronavirus bemorlari ko‘rsatkichlardagi farqlarga izoh berdi. Unga ko‘ra, rasmiy statistikaga faqatgina maxsus laborator tekshiruvlarda koronavirus tasdiqlanganlar kiritiladi. Shifoxonalar statistikasida esa kasallik belgilari mavjud yoki pnevmoniya bo‘lganlar, lekin infeksiya tasdiqlanmagan bemorlar ham kiritilgan bo‘ladi.

17 noyabr 2020, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransisko Sagastining vaqtinchalik Peru prezidenti etib saylanishi, Daniya hukumati parranda grippi sababli 25 ming jo‘jani yo‘q qilish qaroriga kelgani, Rossiya birinchi sayyohlar guruhini XKSga yuborishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 noyabr 2020, 18:43

O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi

O‘zbekiston tashqi bozorda 10 yillik yevroobligatsiyalarni joylashtirish rejalarini e’lon qildi. Obligatsiyalar qiymati hozircha ma’lum qilinmadi.

17 noyabr 2020, 18:15

2021 yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizi koronavirusdan emlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalarnining sotuvi yo‘lga qo‘yiladi va ularni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 2021 yil iyunigacha aholining 60 foizi emlanishi rejalashtirilgan.

17 noyabr 2020, 18:00

«So‘x voqealari» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

«So‘x voqealari» bo‘yicha 22 nafar shaxsga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat ayblovchisi So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetganini aytdi. Ayblanuvchilarning bir qismi aybiga iqror bo‘lmagan, ayrimlari esa qisman iqrorligini ma’lum qilgan.

17 noyabr 2020, 17:59

Endi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tganlar haqida ma’lumotnomani elektron olish mumkin

«Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma»ni [17 forma] elektron tarzda, bir necha daqiqalar ichida olish imkoniyati yaratildi.

17 noyabr 2020, 16:57

Xitoy vaksinasi sinovi uchun ko‘ngillilar qanday tanlab olinadi?

Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazishda qatnashmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar qaysi mezonga ko‘ra tanlab olinadi? Ularga qanday sharoitlar yaratiladi? Ushbu savollarga Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilg‘or texnologiyalar markazining o‘rinbosari Alisher Abdullayev javob berdi.

17 noyabr 2020, 16:56

Crew Dragon kemasi XKSga qo‘shildi

To‘rtta astronavtni fazoga olib chiqqan SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kemasi Xalqaro kosmik stansiyasiga qo‘shildi. Ekipaj olti oy davomida XKSda qoladi.

17 noyabr 2020, 16:24

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘lini qurish uchun AQSH mablag‘larini jalb etadi

«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.

17 noyabr 2020, 14:52

UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi, ammo kompaniyaning sof foydasi ikki baravar kamaydi

Talabning oshishi sababli UzAuto Motors, Nexia AT, Spark AT va Damas ishlab chiqarishni ko‘paytirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mijozlar transport vositasini 1−10 kun ichida olishlari mumkin. Shu bilan birga, uchinchi chorakda avtomobil ishlab chiqaruvchining sof foydasi deyarli ikki marta kamaydi.

17 noyabr 2020, 13:24

Qozog‘iston prezidenti Covid-19 statistikasini yashirmaslikka chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Covid-19 bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi."Hayolparastlik o‘ta xavfli hodisa, chunki u haqiqiy tahdidlar manzarasini buzadi, shuningdek butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash strategiyasini buzadi", — dedi Qasim-Jomart Toqayev.

17 noyabr 2020, 13:23

Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga yuborildi

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlandi. Sud ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi ko‘rib chiqadi. Yo‘ldoshevaning advokati ayblovlar asossiz ekanini aytmoqda. «Hozir taqdim qilingan ayblov bo‘yicha 20 ta epizod taqdim qilingan», — dedi advokat. U, shuningdek, tarqatilayotgan xabarlar Yo‘ldoshevaning oilasiga ruhim bosim o‘tkazayotganini aytmoqda.

17 noyabr 2020, 12:43

Uch yilda hunarmandchilik loyihalariga 100 mln dollarlik kreditlar ajratilgan

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting